Chilonzorda roʻy bergan YHTda 8 kishi jabrlandi

12:23 10 Avgust 2021 Jamiyat
752 0

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2021-yil 10-avgust kuni soat 07:10 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor va Doʻmbirobod koʻchalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1983-yilda tugʻilgan Sh.G. boshqaruvidagi “Gazel” rusumli hamda haydovchi 1952-yilda tugʻilgan K.Yu. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomobillar ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan.

Natijada, “Gazel” avtomobili haydovchisi va olti nafar yoʻlovchisiga, shuningdek “Lasetti” avtomobilining bir nafar yoʻlovchisiga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер