Chigirtka halol. Koʻngli koʻtargan bemalol yeyishi mumkin — Fatvo hayʼati Oʻzbekistonda chigirtka boqilayotgani haqidagi savolga javob berdi

16:36 17 Iyun 2021 Jamiyat
3792 0

Hozirki kunda yurtimizda isteʼmol uchun chigirtka boqilayotganmish. Shu toʻgʻrimi va uni yeyish joizmi? Ushbu savolga Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼati javob berdi.

“Boqilayotganidan xabarimiz yoʻq, lekin chigirtka halol. Hattoki uni oʻligi ham baliq kabi halol ekanligi hadisda taʼkidlangan. Koʻngli koʻtargan bemalol yeyishi mumkin”, deyiladi hayʼat axborotida.

Avvalroq, Qashqadaryo yaylovlariga zararli chigirtkalar yopirilgani haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер