Chet elga chiqish uchun COVID-19ga test topshirish shartmi? Xorijdan Oʻzbekistonga kelayotganlar-chi?

18:06 17 Iyun 2020 Jamiyat
11311 0

AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifing oʻtkazildi.

Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Xostellar faoliyatiga qachondan ruxsat beriladi va qanaqa sanitariya talablari qoʻyiladi?

Javob: “COVID-19 pandemiyasi davrida cheklash tadbirlarini qoʻllanishi sharoitida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi vaqtinchalik sanitariya qoida va meʼyorlari”da mehmonxonalar uchun ishlab chiqilgan talablar xostellar uchun ham amal qiladi.

Savol: 15-iyun sanasidan boshlab bir necha chet davlatlariga chiqishga ruxsat berildi. Chetga chiqish uchun koronavirusga test topshirish kerakmi?

Javob: Xorijiy davlatlarga safarga chiqishdan avval oʻsha mamlakatda koronavirus infeksiyasiga nisbatan olib borayotgan siyosat va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar bilan tanishish zarur.

Agar borayotgan davlatda ushbu talab mavjud boʻlsa, laboratoriya tahlilidan oʻtib, tegishli maʼlumotnomani olishlari kerak boʻladi.

Savol: 15-iyun sanasidan boshlab Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va Isroil davlatlaridan (oxirgi 14 kun ushbu mamlakatlarda boʻlib turgan) kirib kelgan shaxslar KARANTIN NAZORATIGA OLINMAYDI degan xabar berildi. Lekin OAVlarda Xitoy hududida vaziyat yana ogʻirlashgani toʻgʻrisida aytilmoqda. Shu toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtsangiz?

Javob: Yuqoridagi mamlakatlarda soʻnggi haftalarda epidemiologik barqarorlik taʼminlanayotgani uchungina “yashil hudud” deb belgilandi, agar epidemiologik vaziyat ogʻirlashishi kuzatilsa, qoʻshimcha qarorlar qabul qilinishi mumkin.

Savol: Nega jamoat ovqatlanish muassasalariga ruxsat berildiyu, toʻyxonalarga esa yoʻq? Restoranlarga ham bir kunda yuzlab odam kirishi mumkin-ku?

Javob: Toʻylarni ixcham holda va faqat yaqin qarindoshlari davrasida uy hovlisida 30 kishidan oshmagan holda oʻtkazish yuzasidan Respublika maxsus komissiyasining tegishli qarori qabul qilingan.

Toʻyxonalarda fuqarolarning bir vaqtda yigʻilishi kasallikka chalinish ehtimolini oshiradi.

Oshxonalarga faqatgina qatʼiy sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda, tegishli talablarni bajarish sharti bilan ruxsat berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер