Chendu-2021: Delegatsiyamizda navbatdagi kumush medal
Butunjahon yozgi Universiada oʻyinlarida dzyudochilarimiz tomonidan yana bir medal qoʻlga kiritildi.
Ushbu medalni bizga - 81 kg. vazn toifasidagi polvonimiz Nurbek Murtazoyev taqdim etdi.
Nurbek oltin medal uchun kechgan kurashda Yaponiya vakili Xodjo Yoshitoga imkoniyatni boy berib qoʻydi va musobaqaning kumush medali bilan kifoyalandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring