Cheklovlar koʻpincha “orqasi”da hech kimi yoʻq, oddiy fuqarolar uchun ishlatildi — Kusherbayev

13:48 06 Iyul 2021 Jamiyat
1072 0

Deputat Rasul Kusherbayev karantin boʻyicha joriy etilgan qoʻshimcha cheklovlar haqida oʻz munosabatini bildirdi.

"Karantin boʻyicha qoʻshimcha cheklovlarning zaif tomoni shundaki, bu amalda katta natija bermay, aksincha, aholining hukumat va huquq tartibot idoralari xodimlariga nisbatan noroziligini oshirishi mumkin.

Chunki birinchidan, bunga amalda rioya etilishini toʻliq nazorat qilish mexanizmi yoʻq. Sababi amalda biz “zoʻr”lar toʻy va maʼraka oʻtkazishda odam soni cheklanishiga rioya qilmaganligiga koʻp guvoh boʻldik. Cheklovlar koʻpincha “orqasi”da hech kimi yoʻq, oddiy fuqarolar uchun ishlatildi.

Ikkinchidan, bu joylarda karantin qoidalarini cheklab oʻtib ishlash istagida boʻlganlar va nazoratchilar oʻrtasida korrupsion holatlarni oshirishi mumkin. Chunki soliq, kredit va boshqa majburiy toʻlovlar choʻzilsa ham biroq toʻliq bekor qilinmadi.

Uchinchidan, karantin qoidalari bekor qilinmagan bir vaqtda joylarda minglab odamlarni toʻplab oʻtkazilgan konsert tomoshalari misolida karantin qoidalariga rioya etishda ikkiyuzlamachilik ishining yuksak choʻqqisi koʻrindi: senga mumkinmas, bizga mumkin.

Shu bois, cheklov haqida gap ketganda, odam soniga qaramay yo toʻliq cheklash, yoki toʻliq ruxsat berish lozim, shu jumladan, toʻy va oilaviy tadbirlarga ham. Boʻlmasa bu cheklovlar ham “kimdir toʻy oʻtkazib olishi uchun”, degan fikr paydo qiladi.

Keyin kasallikka qarshi ommaviy emlashni ham ixtiyoriylikdan majburiylikka oʻtkazish kerak vassalom. Shunda kutilgan natijaga tezroq erishiladi" deb yozadi Kusherbayev.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер