Chavandozlarimiz Slovakiyada boʻlib oʻtadigan musobaqada qatnashadi

15:21 06 Sentyabr 2023 Sport
489 0

Joriy yil 6 — 10-sentyabr kunlari Slovakiyaning Shamorin shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha “Šamorín - Danube Champions Tour IV 2023» musobaqasi boʻlib oʻtadi.

Jahon kubogining final bosqichi va Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari mazkur musobaqada ishtirok etishadi.

Terma jamoamiz turnirda 4 nafar chavandoz bilan qatnashadi. Jamoa sardori Bekzod Qurbonov “Matts” va “Santos Xipika” laqabli tulporlarda, shuningdek, Xurshidbek Alimjonov “Chempions Ligas”, Umid Kamilov “Kadesso”, Aʼzam Tolibboyev esa “Ledi” otlarida startga chiqadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер