“ChatGPT”ning “shoʻriga shoʻrva toʻkildi”: yangi raqobatchi paydo boʻladi
“OpenAI” asoschilaridan biri Ilya Suskever “Safe Superintelligence Inc” (“SSI”) deb nomlangan yangi sunʼiy intellekt startapini ishga tushirganini eʼlon qildi. Bu haqda “The Economist” nashri xabar berdi.
Ilya “OpenAI” kompaniyasini tark etgach oʻz shirkatini yaratish ustida ish olib borgan. Bosh direktor Sem Altman bilan kelishmovchilik sababli kompaniyani tark etgan mutaxassis oʻz sunʼiy intellektida xavfsizlikka alohida eʼtibor qaratganini maʼlum qilgan.
Suskever “SSI”ni yaratish uchun “OpenAI”ning sobiq xodimi Deniyel Levi va investor Deniyel Gross bilan hamkorlik qilyapti. Yangi kompaniya shtab-kvartirasi Palo-Alto (Kaliforniya) va Tel-Aviv (Isroil)da boʻladi. Bayonotga koʻra, “SSI”da asosiy eʼtibor daromad topishga emas, xavfsiz SI yaratishga qaratiladi.
Kanada, Isroil va Rossiya fuqaroliga ega Ilya Suskever sunʼiy idrok boʻyicha dunyodagi yetakchi tadqiqotchilardan biri boʻlib, “OpenAI”ning dastlabki muvaffaqiyatida muhim rol oʻynagan.
Avvalroq Vayoming shtati merligiga gʻayrioddiy nomzod, “ChatGPT”, ilgari surilayotgani haqda xabar bergan edik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring