Charter reyslarga qanday navbatga tursak boʻladi?
- Charter reyslar qanday amalga oshirilyapti? Qanday navbatga tursak boʻladi?
- Charter reyslar Respublika maxsus komissiyasining topshirigʻiga binoan Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlaridagi diplomatik vakolatxona va konsullik muassasalari tomonidan shakllantirilgan roʻyxat asosida Transport vazirligi tomonidan tashkillashtiriladi.
Charter reyslarga navbatga turish uchun Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlaridagi diplomatik vakolatxona va konsullik muassasalariga murojaat qilish kerak, deya tushuntirish berdi Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring