Dunyo

Dunyo boʻyicha koronavirus yuqtirganlar soni 100 millionga yaqinlashdi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 99 million 864 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 149 mingdan ziyod kishi vafot etgan (27.01.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 16:35 holatiga koʻra). Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus...

12:27 28 Yanvar 2021
JSST koronavirusni davolash boʻyicha tavsiyalarini yangiladi

TASS axborot agentligining xabar berishicha, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirus infeksiyasidan kasallanishning uzoq muddatli davom etishi boʻyicha tavsiyalarni oʻz ichiga olgan yangilangan klinik qoʻllanmani nashr etdi. Bu haqda Jenevada boʻlib oʻtgan brifingda JSST rasmiy vakili Margaret Xarris maʼlum qildi.

12:23 28 Yanvar 2021
Litvada bir ayol koronavirusga qarshi vaksinaning beshta dozasi bilan emlandi

Inyeksiya joyida ogʻriqni hisobga olmaganda ayol oʻzini yaxshi his qilmoqda. Lekin ushbu xato tufayli toʻrt kishi vaksina olish imkoniyatidan mahrum boʻlgan.

00:34 28 Yanvar 2021
AQSHdagi auksionda sovet josuslarining qurollari sotiladi

Sovuq urush davridagi koʻplab buyumlar, shu jumladan, sovet josuslarining qurol-yarogʻ va maxfiy uskunalari - yopiq KGB josuslik muzeyining eski toʻplami sotuvga qoʻyiladi. Bu haqda kim oshdi savdosini tashkil qiluvchi «Julen S Austion» auksion uyining veb-saytida xabar berilgan.

17:44 27 Yanvar 2021
Bill Geyts yangi pandemiyalarga qarshi kurash rejasini taklif qildi

Microsoft asoschisi va "Bill & Melinda Gates Foundation" xayriya tashkilotining hamraisi Bill Geyts yangi pandemiyalarga tayyorgarlik koʻrish, ular natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan harbiy mojarolarga qarshi yechim topish kerakligini aytdi.

17:36 27 Yanvar 2021
Pandemiya 225 mln kishini ishsiz qoldirdi, boylar esa yanada boyidi

Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan hisobotga koʻra, pandemiya davrida dunyoda 225 million doimiy ish oʻrinlari qisqartirildi. Moliyaviy yoʻqotishlar 2009-yildagi global moliyaviy inqirozdan toʻrt baravar koʻproq boʻldi. Ammo bu inqiroz boylarga ijobiy taʼsir etdi. «Oxfam» tashkiloti hisobotlariga koʻra, dunyodagi eng...

17:05 27 Yanvar 2021
Rossiyaga kirishga taqiq nima uchun qoʻyiladi?

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi xabariga koʻra, chet el fuqarolarining mamlakatda vaqtincha boʻlish tartibini buzishi va noqonuniy mehnat faoliyati bilan shugʻullanishi ularning mamlakat hududiga kirishi uchun taqiq qoʻyilishiga sabab boʻladi.

14:38 27 Yanvar 2021
Pandemiya yana 4-5 yil davom etishi mumkin

Singapur taʼlim vaziri Lourens Vongning soʻzlariga koʻra, pandemiya tugashi va koronavirusdan keyingi normal holatga oʻtish uchun yana 4-5 yil vaqt kerak boʻladi. Chunki hanuzgacha butun dunyo aholisi toʻliq emlanmagan. Aholini 100 foiz emlashda koʻplab toʻsiqlarga duch kelinmoqda. Shu bilan birga,...

13:43 27 Yanvar 2021
Dunyo soʻnggi yuz yillikdagi eng ogʻir iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda — Guterrish

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish hozirgi iqtisodiy inqirozni “asrning eng dahshatli inqirozi” deb atadi. U bu haqda Davosdagi onlayn tarzda oʻtkazilgan forumda aytgan.

13:26 27 Yanvar 2021
Ispaniyalik “marhum” ayol dafn marosimidan soʻng “qayta tirildi”

Ispaniyaning qariyalar uyida yashovchi ayol oʻzining dafn marosimidan oʻn kun oʻtib tirikligi maʼlum boʻldi, deya xabar berdi “Euro Weekly” nashri.

13:14 27 Yanvar 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер