Dunyo boʻyicha koronavirus yuqtirganlar soni 100 millionga yaqinlashdi

12:27 28 Yanvar 2021 Dunyo
963 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 99 million 864 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 149 mingdan ziyod kishi vafot etgan (27.01.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 16:35 holatiga koʻra). Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 468 808 yangi holati aniqlandi, 12 856 nafar bemor vafot yetdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (28.01.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 100 million 852 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 173 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 25,050 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (10,689 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (8,871 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (3,774 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Buyuk Britaniya (3,689 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 133 409, Hindistonda 12 689, Braziliyada 26 816, Rossiyada 17 741, Buyuk Britaniyada esa 20 088 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер