Pandemiya yana 4-5 yil davom etishi mumkin
Singapur taʼlim vaziri Lourens Vongning soʻzlariga koʻra, pandemiya tugashi va koronavirusdan keyingi normal holatga oʻtish uchun yana 4-5 yil vaqt kerak boʻladi. Chunki hanuzgacha butun dunyo aholisi toʻliq emlanmagan. Aholini 100 foiz emlashda koʻplab toʻsiqlarga duch kelinmoqda. Shu bilan birga, toʻliq samarali vaksina ham ishlab chiqilmagan. Hozirda mavjud vaksinalardan biri tasdiqlanganda ham, aholini emlash koʻp vaqt talab qiladi.
Vazirning taʼkidlashicha, amaldagi vaksinalar virusning yangi mutant shtammlariga qarshi samarali boʻlmasligi mumkin.
Shuningdek, hozirda qilinayotgan tadqiqotlarning barchasi virusning yangi versiyalaridan bir qadam orqada ekanligini ham taʼkidlab oʻtdi.
Eslatib oʻtamiz, hukumat shu yilning uchinchi choragiga qadar Singapur aholisini toʻliq emlashni rejalashtirmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring