Ispaniyalik “marhum” ayol dafn marosimidan soʻng “qayta tirildi”
Ispaniyaning qariyalar uyida yashovchi ayol oʻzining dafn marosimidan oʻn kun oʻtib tirikligi maʼlum boʻldi, deya xabar berdi “Euro Weekly” nashri.
Xabarga koʻra, qariyalar uyida yashovchi ikki nafar fuqaro - Rogeliya Blanko va Konsepsion Arias koronavirusga chalingani uchun kasalxonaga yotqizilgan. Biroz vaqt oʻtgach, Arias vafot etgan. Ammo kasalxonada ayollarning ismlari almashib ketgan.
Natijada oʻlim haqidagi xabarni Blankoning qarindoshlari eshitgan. Ertasi kuni dafn marosimi boʻlib oʻtdi. Biroq, karantin cheklovlari tufayli Blanko oilasi u bilan toʻliq xayrlasha olmadi.
Oʻn kundan soʻng, “vafot etgan” Blanko qariyalar uyiga qaytdi. Bu bilan u erini hayratga soldi. Maʼlum boʻlishicha, Blankoning eri ham qariyalar uyida istiqomat qiladi.
Muassasa maʼmuriyati ushbu holat takrorlanmasligi uchun choralar koʻrishga vaʼda berdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring