Siyosat

Prezident mahallalarni obod, ozoda va yashil makonga aylantirish masalasiga ham toʻxtaldi

Mutasaddilarga “temir”, ayollar va “yoshlar” daftarlariga kiritilgan aholini teatrlar, muzey va konsertlarga bepul chiptalar bilan taʼminlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish topshirildi.

18:25 08 Aprel 2022
Bolalar uylari va ulardagi yetimlar soni kamaygani, xalqimizning yuksak maʼnaviyati, iymon-insofi va bolajonligini koʻrsatib turibdi — Shavkat Mirziyoyev

Natijada 10 ta mehribonlik uyi, 3 ta bolalar shaharchasi va 2 ta bolalar uyi ehtiyoj qolmagani uchun yopilgan.

18:22 08 Aprel 2022
Sogʻliqni saqlash vazirligiga “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasini joriy yil 1-mayga qadar ishga tushirishni taʼminlash topshirildi

2022-yilda imkoniyati cheklangan bolalar va kattalarni zarur jihozlar bilan taʼminlash maqsadida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga 31 milliard soʻm mablagʻ ajratiladigan boʻldi.

18:19 08 Aprel 2022
Shavkat Mirziyoyev Xalq taʼlimi vazirligiga maktab-internatlarni optimizatsiya qilishni topshirdi

Mutaxassislar fikriga koʻra, agar barcha yangi tugʻilgan chaqaloqlarning eshitish qobiliyati skrining qilinsa, vaqtida zarur choralarni koʻrish orqali eshitish nogironligini 60 foizga kamaytirish mumkinligi taʼkidlandi.

18:16 08 Aprel 2022
Afsuski, bizdagi bor maʼlumotlar joylardagi qator tibbiy-ijtimoiy muassasalarning sharoitini tubdan yaxshilash zarurligini koʻrsatmoqda — Prezident

Shuningdek, 6 ta “Mehribonlik” va 11 ta kichik yoshdagi bolalar uylaridan 2 tasi taʼmirga muhtoj ahvolda.

18:10 08 Aprel 2022
“Saxovat”, “Muruvvat” uylari, Respublika faxriylar pansionatining rahbar va shifokorlari ish haqi 1,5 barobarga oshirildi

Jumladan, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tashkil etilib, “Saxovat” va “Muruvvat” uylari, faxriylar sanatoriy va pansionatlari, boshqa qator tibbiy-ijtimoiy muassasalar uning tasarrufiga oʻtkazildi.

18:00 08 Aprel 2022
Ushbu qutlugʻ oyda Allohning marhamati bilan, butun yer yuziga baraka va yaxshiliklar yogʻiladi — Prezident

Ayni paytda bu yerda videoselektor yigʻilishi oʻtmoqda.

17:46 08 Aprel 2022
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Prezident Shavkat Mirziyoyevga fuqarolarning murojaatini yetkazdi

Davlat rahbari moliya vaziri va boshqa mutasaddilarga masalani yechimi boʻyicha topshiriq berdi.

17:38 08 Aprel 2022
Olmazor tumaniga 21-marotaba kelayotgan ekanman — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi 102-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatga keldi.

17:36 08 Aprel 2022

Yangiliklar taqvimi

Кластер