“Saxovat”, “Muruvvat” uylari, Respublika faxriylar pansionatining rahbar va shifokorlari ish haqi 1,5 barobarga oshirildi

18:00 08 Aprel 2022 Siyosat
1708 0

Foto: president.uz

Yigʻilishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar doirasida xalqparvar davlat yaratish, inson qadrini ulugʻlash, mehr va yordamga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlashni eng ustuvor yoʻnalishlar qatorida belgilangani taʼkidlandi.

Xususan, oʻtgan yili Prezidentning 25-martdagi farmoni bilan keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha muhim chora-tadbirlar belgilandi.

Jumladan, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tashkil etilib, “Saxovat” va “Muruvvat” uylari, faxriylar sanatoriy va pansionatlari, boshqa qator tibbiy-ijtimoiy muassasalar uning tasarrufiga oʻtkazildi.

“Saxovat”, “Muruvvat” uylari, Respublika faxriylar pansionatining rahbar va shifokorlari ish haqi 1,5 barobarga, kichik va oʻrta tibbiyot xodimlari ish haqi 2 barobarga oshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер