“Zamin” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda zaif eshituvchi 2 mingdan ziyod bola jami 4 mingta raqamli eshitish moslamalari bilan taʼminlandiOʻtgan davrda internat uylarda yashovchi 9 ming 400 nafar keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar hamda 18 ming nafar hech kimi yoʻq va yolgʻiz yashaydigan fuqarolar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularni sogʻlomlashtirish choralari koʻrildi. Nogironligi boʻlgan 900 nafar bola protez-ortopediya moslamalari bilan taʼminlandi. “Zamin” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda zaif eshituvchi 2 mingdan ziyod bola jami 4 mingta raqamli eshitish moslamalari bilan taʼminlandi, 11 ta ixtisoslashgan maktab-internat yordamchi tovush-nutq vositalari bilan jihozlandi. Shuningdek, 1 ming 100 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar pultli aravachalar bilan taʼminlandi. Oʻtgan yili “Saxovat”, “Muruvvat”, “Mehribonlik” va bolalar uylari, faxriylar pansionatlari, maktab-internatlarda 172 milliard soʻmlik qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari bajarildi. “Joriy yilda barcha tibbiy-ijtimoiy muassasalarni qurilish-taʼmirlash va jihozlashga 227 milliard soʻm ajratamiz”, dedi Prezident.

18:05 08 Aprel 2022 Siyosat
1162 0

Foto: president.uz

Oʻtgan davrda internat uylarda yashovchi 9 ming 400 nafar keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar hamda 18 ming nafar hech kimi yoʻq va yolgʻiz yashaydigan fuqarolar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularni sogʻlomlashtirish choralari koʻrildi.

Nogironligi boʻlgan 900 nafar bola protez-ortopediya moslamalari bilan taʼminlandi.

“Zamin” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda zaif eshituvchi 2 mingdan ziyod bola jami 4 mingta raqamli eshitish moslamalari bilan taʼminlandi, 11 ta ixtisoslashgan maktab-internat yordamchi tovush-nutq vositalari bilan jihozlandi.

Shuningdek, 1 ming 100 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar pultli aravachalar bilan taʼminlandi.

Oʻtgan yili “Saxovat”, “Muruvvat”, “Mehribonlik” va bolalar uylari, faxriylar pansionatlari, maktab-internatlarda 172 milliard soʻmlik qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari bajarildi.

“Joriy yilda barcha tibbiy-ijtimoiy muassasalarni qurilish-taʼmirlash va jihozlashga 227 milliard soʻm ajratamiz”, dedi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер