Iqtisodiyot

Qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi investitsion hamkorlik va oʻzaro savdo munosabatlarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida mamlakatimizning Dehli shahridagi Elchixonasi tomonidan Hindistonning Kalkutta shahrida joylashgan “MLD Group” kompaniyasi boshqaruvchi direktori Manish Dalmiya bilan videokonferensiya formatida muloqot oʻtkazildi.

09:29 07 Oktyabr 2020
34 ta strategik turdagi foydali qazilma uchastkalari elektron onlayn auksionga joylashtirildi

Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi “Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 403-sonli qaroriga muvofiq 34 ta strategik turdagi foydali qazilma uchastkalari “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn auksionga joylashtirildi.

08:41 07 Oktyabr 2020
Jizzaxda optik tolali kabellar ishlab chiqarish zavodi qurilishi boshlandi

“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida “Optik tolali aloqa kabellarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish” loyihasi doirasida “Global Optical Communication Uzbekistan” (“GOC-UZ”) MCHJ qoʻshma korxonasi qurilishi uchun poydevor qoʻyish tadbiri boʻlib oʻtdi.

18:35 06 Oktyabr 2020
Oʻzbekistonda zaʼfaron yetishtirish boʻyicha klaster barpo etilmoqda

Bugun 10 gektar maydonga ekilgan 5 milliontadan ziyod zaʼfaron piyozi Italiyaning Bressia shahridan Sloveniya, Vengriya, Polsha, Belarus, Rossiya va Qozogʻiston kabi mamlakatlar orqali 6 ming 800 kilometr masofani bosib oʻtib, Oʻzbekistonga yetkazildi.

18:12 06 Oktyabr 2020
Oʻzbekiston 5.2 mln dollarlik oʻyinchoq eksport qildi

Respublikamiz bojxonachilari yil boshidan buyon Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan 5 mln 229 ming AQSH dollari qiymatidagi bolalar oʻyinchoqlarini eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirishdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 10 foizga koʻp

12:24 06 Oktyabr 2020
Samarqand tumanida yil yakuniga qadar qariyb 500 milliard soʻmlik investitsiya oʻzlashtirilib, 600 ga yaqin ish oʻrni yaratiladi

Tumanda joriy yilda qiymati 494,4 milliard soʻmlik 65 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Buning natijasida 600 ga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratilishi koʻzda tutilgan.

09:24 06 Oktyabr 2020
Oʻzbekiston Turkmanistonga dori-darmon eksportini qariyb 29 baravarga oshirdi

2020-yilning 8 oyi davomida Oʻzbekiston 11 ta xorijiy davlatlarga qiymati 11,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan dori-darmon eksport qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 8,5 mln. AQSH dollariga yoki qariyb 4 baravarga oshgan.

22:10 05 Oktyabr 2020
Qozogʻistonning “SCAT” aviakompaniyasi Urganchga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat oldi

Qozogʻistonning “SCAT” aviakompaniyasi “Aktau — Urganch — Aktau” yoʻnalishi boʻyicha parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

16:25 05 Oktyabr 2020
Tijorat banklarida bank xizmatlarini koʻrsatish sifatini baholash tizimi joriy qilinmoqda

“2020-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi”ga muvofiq, Markaziy bank boshqaruvi tomonidan “Tijorat banklarida bank xizmatlarini koʻrsatish sifatini baholash uslubiyoti” tasdiqlandi.

15:31 05 Oktyabr 2020
Dollar kursi yana oshdi

1 AQSH dollari 10 339 soʻm 68 tiyinni tashkil etib, oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 18 soʻm 47 tiyinga qimmatlagan.

12:15 05 Oktyabr 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер