Dollar kursi yana oshdi

12:15 05 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
1141 0

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, ertaga, 6-oktyabrdan eʼtiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 10 339 soʻm 68 tiyinni tashkil etib, oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 18 soʻm 47 tiyinga qimmatlagan.

1 yevro kursi 12 110 soʻm 87 tiyinga baholanib, 107 soʻm 30 tiyinga oshdi.

Rubl kursi oʻtgan haftaga nisbatan 20 tiyin qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 132 soʻm 27 tiyin etib belgilangan.

Valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер