Oʻzbekiston Turkmanistonga dori-darmon eksportini qariyb 29 baravarga oshirdi
2020-yilning 8 oyi davomida Oʻzbekiston 11 ta xorijiy davlatlarga qiymati 11,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan dori-darmon eksport qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 8,5 mln. AQSH dollariga yoki qariyb 4 baravarga oshgan.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan 8 oy mobaynida Oʻzbekiston dori-darmon mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Qirgʻiz – 3,4 mln.
Qozogʻiston – 2,1 mln.
Afgʻoniston – 1,5 mln.
Turkmaniston – 1,2 mln.
Tojikiston – 1,1 mln.
Turkiya – 956,7 ming AQSH dollari
Oʻzbekiston 8 oy davomida 55 ta xorijiy davlatlardan 565,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan dori-darmon import qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 mln. AQSH dollariga kam.
Oʻtgan 8 oy mobaynida Oʻzbekiston dori-darmon mahsulotlarini eng koʻp import qilgan davlatlar:
Hindiston – 102,9 mln.
Rossiya – 59,9 mln.
Ukraina – 46,1 mln.
Latviya – 46,0 mln.
Xitoy – 34,1 mln.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring