Iqtisodiyot

Prezident: biz yerni haqiqiy egasiga — xalqqa bermoqchimiz

Prezidentimiz raisligida qishloq xoʻjaligi, tadbirkorlik va xizmatlarni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, chorva, parranda va baliq mahsulotlarini koʻpaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

13:43 08 Iyun 2021
Istanbuldan Fargʻonaga ilk parvoz amalga oshirildi

8-iyun kuni «Turk havo yoʻllari» aviakompaniyasi orqali Istanbuldan Fargʻonaga ilk parvozni amalga oshirgan 165 nafar yoʻlovchi “Fargʻona” xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

11:51 08 Iyun 2021
Paxta yogʻining narxi pasaydi, AI-80 markali avtomobil benzinining narxi esa koʻtarildi — Birja

Oʻtgan hafta davomida, yaʼni 31-may – 6-iyun kunlari “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 1 795,1 mlrd soʻmlik tovarlar sotilgan boʻlib, bu avvalgi haftaga nisbatan 5,3% ga kamdir. Bunda sotuvlarning 85,9% - birja savdolari; 1,9% - koʻrgazma-yarmarka...

09:57 08 Iyun 2021
1,5 sotix kenglikdagi hovuzda 5 tonna baliq parvarishlanmoqda

Sizningcha, bir yarim sotix maydondagi hovuzda qancha baliq parvarishlash mumkin? Jalaquduq tumanining «Tuyalas» mahallasida yashovchi Oʻktamjon Yusupov xonadonida boʻlganimizda shuncha kenglikdagi hovuzda bir yilda 5 tonna baliq parvarishlab, ichki bozorga sifatli goʻsht mahsuloti yetkazib berayotganiga guvoh boʻldik.

09:09 08 Iyun 2021
Oʻzbekiston Malayziyaga yana 3 tonna gilos yetkazib berdi

Mamlakatimizning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi koʻmagida oʻzbek gilosi yangi hosilining navbatdagi joʻnatmasi Malayziyaga yetkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

20:16 07 Iyun 2021
Yer ajratish hamda undan foydalanishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash vaqti keldi

Yer ajratish tartib-tamoyillari borasida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashga katta eʼtibor qaratilayotgan boʻlsada, haliyam bu sohada byurokratik toʻsiqlar mavjud. Yer resurslarini talon-toroj qilish, oʻzboshimchalik bilan egallash va noqonuniy sotish holatlari afsuski uchrab turibdi. Xoʻsh, bu kabi salbiy illatlarni bartaraf etish uchun...

19:30 07 Iyun 2021
Samarqanddan xalqaro yoʻnalishda yangi aviaqatnov yoʻlga qoʻyildi

"Samarqand xalqaro aeroporti” MCHJ matbuot xizmatining xabariga koʻra, “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan joriy yilning 8-iyun kuni «Samarqand — Olmota — Samarqand» yoʻnalishida yangi muntazam aviaqatnov yoʻlga qoʻyilmoqda. Bu koʻhna kentning zamonaviy havo darvozasini yirik transport va sayyohlik xabiga aylantirish loyihasi...

19:21 07 Iyun 2021
Oʻzbekiston aprel oyida 10,3 ming tonna pomidor eksport qildi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-aprel oylari davomida qiymati 23,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 30,8 ming tonna pomidor eksport qilgan.

19:00 07 Iyun 2021
Oʻzbekistonda 2021-yil 1-iyuldan fuqarolarga STIR berish bekor qilinadi

Elektron tizim orqali olish imkoniyati mavjud boʻlgan maʼlumotlarni qogʻoz koʻrinishida olish, ish faoliyatini tashkil etish uchun muhim boʻlmagan hujjatlarni talab qilishni cheklash kabi maʼmuriy toʻsiqlarni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoni qabul qilingan.

15:23 07 Iyun 2021
Koʻchma savdo faoliyatining yangicha tartiblari belgilandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koʻchma savdo faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish va savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

11:20 07 Iyun 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер