Istanbuldan Fargʻonaga ilk parvoz amalga oshirildi

11:51 08 Iyun 2021 Iqtisodiyot
840 0

8-iyun kuni «Turk havo yoʻllari» aviakompaniyasi orqali Istanbuldan Fargʻonaga ilk parvozni amalga oshirgan 165 nafar yoʻlovchi “Fargʻona” xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

Dunyodagi eng yirik aviakompaniyalardan biri va jahonning 120 dan ortiq davlatlarida joylashgan 300 ortiq aeroportlarga charter va muntazam reyslarni amalga oshirib kelayotgan «Turk havo yoʻllari» samolyotlari haftaning seshanba va juma kunlari «Istanbul — Fargʻona — Istanbul» yoʻnalishida qatnovlarni amalga oshirishi rejalashtirilmoqda.

Taʼkidlash oʻrinliki, «Oʻzaviatsiya» agentligi tomonidan 2021-yil 15-aprelda Turkiyaning “Turkish Airlines” aviakompaniyasiga «Istanbul —Urganch — Istanbul» va «Istanbul — Fargʻona — Istanbul» yoʻnalishlarida mamlakatimizga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berilgan.

Botir Madiyorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер