All

Er-xotinning urushi o‘lim bilan tugadi

U doka ro‘molning qurishi emas ekan. Toshkent tumanida bo‘lib o‘tgan ana shunday janjallarning biri o‘lim bilan yakunlandi.

18:17 07 Avgust 2018
O‘zbekistonning barcha hududlarida Business city‘lar barpo etiladi

Prezidentning 2018 yil 2 avgustdagi qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Business city” shaklida zamonaviy ishbilarmonlik markazlari tashkil etiladi.

17:55 07 Avgust 2018
Bir haftada 44 kishi yo‘l-transport hodisalari natijasida halok bo‘ldi

30 iyuldan 5 avgustgacha O‘zbekistonda 160 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.

17:41 07 Avgust 2018
Bosh prokuratura tizimida muhim lavozim tayinlovlari ro‘y berdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018 yil 7 avgustdagi buyrug‘iga asosan Nigmadjanov Uygun Uchkunovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi boshlig‘ining moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

17:37 07 Avgust 2018
Alisher Usmonov “Arsenal”dagi ulushini sotib yubordi

Rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov Londonning “Arsenal” klubidagi o‘ziga tegishli bo‘lgan 30 foiz aksiyasini sotdi.

17:35 07 Avgust 2018
Sog‘liqni saqlash tizimida yana bir yangi tayinlov

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimida Dinara Makkambayevna Xashirbayeva ish boshladi.

17:07 07 Avgust 2018
Markaziy Osiyo uchun yagona viza joriy etilishi muhokama qilinmoqda

Yaqin istiqbolda Markaziy Osiyo davlatlari uchun yagona viza joriy etilishi ustida ish olib borilyapti. Hozircha bu tashabbus O‘zbekiston va Qozog‘iston rasmiylari o‘rtasida muhokama qilingan bo‘lsada, yaqin qo‘shnilar Tojikiston, Qirg‘iziston ham bunga katta qiziqish bildirmoqda.

16:42 07 Avgust 2018
Eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish tartibiga qanday o‘zgarishlar kiritilgan?

Ijtimoiy tarmoqlarda eski haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagisiga almashtirish tartibi o‘zgarganligi, ushbu jarayon murakkablashganligi haqida ma’lumot tarqaldi. Xo‘sh, bu ma’lumotlar qanchalik asosli?

16:35 07 Avgust 2018
Yangi o‘quv yiliga nechta umumta’lim maktabi tayyor, nechtasi tayyor emas?

Respublikamizdagi mavjud 9628 ta maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari tomonidan reja-grafik ishlab chiqilgan bo‘lib, 1 avgust holatiga ko‘ra, mazkur ta’lim muassasalarining 6828 tasi yangi o‘quv yiliga tayyor bo‘lsa, 2800 tasi...

16:12 07 Avgust 2018
Deutsche Welle O‘zbekistonda OAVni rivojlantirish uchun 30 ming yevro ajratmoqchi

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori L.Tangriyev 2018 yil 1 avgust kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan “Deutsche Welle” Germaniya davlat xalqaro teleradiokompaniyasining Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha ta’lim loyihalari menejeri Lidiya Ranert hamda belaruslik trener Viktor Rudnikni qabul...

16:09 07 Avgust 2018
AQSHda yashab kelayotgan Qosimxo‘jayev Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosariga aylandi

Ulug‘bek Qosimxo‘jayev Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari v.b. etib tayinlandi.

16:06 07 Avgust 2018
“Urganch” xalqaro aeroporti qachondan ish boshlashi ma’lum bo‘ldi

“Urganch” xalqaro aeroporti 2018 yil 8 avgustdan boshlab yo‘lovchi avialaynerlarini qabul qila boshlaydi.

15:28 07 Avgust 2018
Toshkentda yana bir markaziy ko‘cha vaqtinchalik yopiladi

7 avgust kuni soat 22:00dan boshlab Nukus – Amir Temur chorrahasidan Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur maydoniga qadar vaqtinchalik avtotransportlar qatnovi to‘xtatiladi.

15:13 07 Avgust 2018
Jamg‘armaning vazifasi nima?

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida“gi qarori dehqonlarning mehnatini rag‘batlantirish, ularga iqtisodiy ko‘mak berishga xizmat qiluvchi muhim hujjat bo‘ldi.

14:46 07 Avgust 2018
Toshkent viloyatida 258 nafar nogironligi bor ayollar ish bilan ta’minlandi

Toshkent viloyatida 17 ming 781 nafar nogironligi bo‘lgan mehnatga layoqati cheklangan xotin-qizlarning manzilli ro‘yxati shakllantirildi. Uy-joyga ehtiyoji bo‘lgan 225 nafarining uchdan bir qismi talablari qondirildi. Ishlash istagini bildirgan 258 nafar xotin-qizlar doimiy ish bilan ta’minlandi.

14:43 07 Avgust 2018
Do‘stlik ko‘prigi mustahkamlanmoqda

Bugun erta tongdan Toshkentdan yo‘lga chiqqan bir guruh jurnalistlar ikki respublika o‘rtasidagi “Oybek” postiga yetib kelishdi. Ularni Tojikiston ommaviy axborot vositalari rahbarlari, jurnalistlar, ziyolilar karnay-surnay sadolari ostida kutib oldilar.

13:34 07 Avgust 2018
Yangiyo‘lda bir kunda 189ta yo‘l qoidabuzarliklari aniqlandi. Ularning ichida oynasini qoraytirib olganlar ham bor

Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasining yo‘l Harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan belgilangan jadval asosida shahar va tumanlarda o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

12:43 07 Avgust 2018
Shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Marg‘ilondagi mehribonlik uyining sobiq direktori va xodimlariga hukm chiqarildi

Ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan Marg‘ilon shahridagi 1-Mehribonlik uyida sodir etilgan jinoyat ishi yuzasidan sud o‘z hukmini chiqardi.

12:00 07 Avgust 2018
Shavkat Mirziyoyev “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Avvalambor, siz azizlarni – dunyoning olis va yaqin turli qit’a va mintaqalaridan yurtimizga tashrif buyurgan muhtaram mehmonlarimizni bugungi adabiy anjumanning ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

11:39 07 Avgust 2018
O‘zbek adabiyotini targ‘ib qiluvchi xalqaro konferensiya ish boshladi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari“ mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

11:23 07 Avgust 2018

Yangiliklar taqvimi

Кластер