All
Joriy yilning iyul oyida Ukraina chetga 36,7 ming tonna shakar eksport qildi. Shundan 89 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keldi.
10:37 10 Avgust 2018Shukurov Elbek Habibullayevich Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
10:09 10 Avgust 2018Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
09:41 10 Avgust 2018O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 avgust kuni atrof-muhitni muhofaza qilish, maishiy chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
09:10 10 Avgust 2018O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
20:02 09 Avgust 2018Dunyoga mashhur Airbus Defense kompaniyasi tomonidan yaratilgan Zephyr S uchuvchisiz uchish apparati sinov chog‘ida qo‘nishsiz parvoz qilish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, mazkur qurilma havoda to‘xtovsiz qariyb 26 kun uchib yurgan.
18:12 09 Avgust 2018Azim Axmedxadjayev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimidan ozod etildi.
17:27 09 Avgust 2018Yaqinda mamlakatimizning Buxoro viloyatidan yo‘lga chiqqan hamda materiallar, maxsus texnikalar va asbob-uskunalar ortilgan avtokarvon bugun Tojikistonga kirib bordi. Kompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, respublikamiz qo‘shni davlat janubidagi Xatlon viloyatida beg‘arazalik asosida tibbiyot majmuasi barpo etib beradi.
16:18 09 Avgust 20182017— 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida ijtimoiy sohani rivojlantirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi.
15:56 09 Avgust 2018Zulfiya Abdurahmonova 2-son Respublika klinik shifoxonasi bosh vrachi lavozimiga tayinlandi.
15:51 09 Avgust 2018Madina shahri amiri Faysal ibn Salmon tomonidan Saudiya Arabistoni Podshohligiga dunyoning turli davlatlaridan kelgan Haj delegatsiyalari rahbarlari uchun o‘tkazilgan qabul marosimida O‘zbekistondan “Haj—2018” mavsumi ishchi guruhi rahbari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Nuriymon Abulhasan ham ishtirok etdi, deb yozadi...
15:33 09 Avgust 2018AQSHning Amazon kompaniyasi vakillari mamlakatimizga tashrif buyurdi. Ular Artel zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
15:06 09 Avgust 2018Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Andijon viloyat bojxona boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelayotgan yirik miqdordagi kiyim-kechaklar va dori-darmonlar to‘xtatib qolindi.
14:47 09 Avgust 2018Prezidentimizning “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Unga asosan, norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi qabul qilinmoqda.
14:19 09 Avgust 2018Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini faollashtirish konsepsiyasi va uni amalga oshirishi bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
13:54 09 Avgust 2018Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan futbolchilarning yakuniy ro‘yxatini e’lon qildi.
12:30 09 Avgust 2018O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi 630-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining bayrog‘i va farqlash belgisi tasdiqlandi. Shuningdek, ularni tayyorlash, ishlatish, saqlash va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ham kuchga kirdi.
11:50 09 Avgust 2018Qozog‘istonning Oqto‘be viloyatidagi trassada avtobusda ro‘y bergan yong‘in oqibatida 52 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan fojia bo‘yicha sud muhokamasi advokatlarning ushbu ishni Oqto‘be shahridagi sudda ko‘rib chiqishga o‘tkazishga yana bir bor urinishlari tufayli ortga surildi.
11:35 09 Avgust 2018Qayd etilishicha, Qirg‘izistonning Talas viloyatidagi Almaluu yaylovidagi “tilsiz yov” Qozog‘iston chegarasiga ham o‘tdi. Qirg‘iziston tomonidan 500 kishi, Qozog‘iston tomonidan 150 nafarga yaqin kishi yong‘inga qarshi kurashmoqda. Qozog‘iston favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi ushbu muammoni hal etish uchun vertolyot ham jalb qilgan.
11:32 09 Avgust 2018Bolgariyaning Balkan.Auction internet-auksionlari saytida 1992 yilgi o‘zbek so‘mlari sotuvga qo‘yildi.
11:24 09 Avgust 2018