All

Termizda televizor ishlab chiqariladi

Surxondaryo viloyat bojxona boshqarmasi boshligʻi T.Saidov rahbarligidagi bojxona xodimlari Termiz shahrida qad rostlayotgan “Termiz kanselyariya mollari” MCHJ ga tegishli, loyiha qiymati 19,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan, tekstil mahsulotlari hamda televizor ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonada boʻlishdi.

12:39 30 Noyabr 2018
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda

Urganch shahrida 30 noyabr kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi ochildi.

12:14 30 Noyabr 2018
Oʻzbekiston MDH Parlamentlararo assambleyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshildi

Oliy Majlis Senati Raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev boshchiligidagi mamlakatimiz parlamenti delegatsiyasi MDHga aʼzo davlatlarning Parlamentlararo assambleyasi Kengashi taklifiga binoan Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtayotgan assambleyaning 48-majlisida ishtirok etdi.

11:12 30 Noyabr 2018
Matbuot talaba-yoshlarga suv va havoday zarur

Jizzax davlat pedagogika instituti talabasiman. Internet, gazetalar orqali bosma nashrlarning bugungi ahvoli, obuna masalasi haqidagi maqolalarni oʻqib, oʻz fikrimni bildirgim keldi.

11:09 30 Noyabr 2018
Yil boshidan buyon internet-kanalidagi narxlar uch baravar arzonlashtirilgani aytildi

“Oʻzbektelekom“ AJ yil boshidan buyon internet xizmatlarining mintaqaviy bozorini rivojlantirish maqsadida operatorlar va provayderlar uchun internet-kanalida tarif narxini 3 baravarga pasaytirdi. Bu haqda maxsus tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etayotgan “Xalq soʻzi“ muxbiri xabar berdi.

11:06 30 Noyabr 2018
Oʻzbekistonda 1 dekabrdan cheksiz internet narxi 2 baravardan koʻproq qiymatda arzonlashadi

2018 yilning 1 dekabridan boshlab UZTELECOM yangi kafolatlangan cheksiz internet tarif rejalarini taqdim etadi.

10:33 30 Noyabr 2018
“Orol dengizi ketdi, lekin odamlar qoldi, biz ular haqida qaygʻurishimiz kerak”

Orol inqirozi — zamonamizning eng yirik ekologik fojialaridan biri. Bugun u yana bir bor dunyo hamjamiyati eʼtibori markazida.

09:53 30 Noyabr 2018
Aleksandr Lukashenko: “Shavkat Mirziyoyev — Oʻzbekistonni sevadigan va yaxshi biladigan, mamlakat uchun juda koʻp ezguliklar qilgan inson”

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatimizning ushbu davlatdagi elchisi bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishga bagʻishlangan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir sifatida faoliyat yuritgan davridayoq Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasida alohida qatnashganini taʼkidladi.

09:43 30 Noyabr 2018
Pillachilik ish oʻrinlari yaratishda katta imkoniyat

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xiva tumanidagi “Khiva Silk Fabric” korxonasini borib koʻrdi.

01:10 30 Noyabr 2018
Shavkat Mirziyoyev: Turistlarni tariximiz va qadriyatlarimiz bilan jalb qilishimiz mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva temir yoʻl vokzali bilan “Ichan-qalʼa” majmuasi oʻrtasida barpo etilayotgan xiyobonni koʻzdan kechirdi. Bu ham davlatimiz rahbarining avvalgi tashriflari chogʻida berilgan topshiriq ijrosi boʻlib, Xivaga yangicha qiyofa bagʻishladi.

20:54 29 Noyabr 2018
Urganchda oʻrnatilgan Oʻzbekiston bayrogʻining balandligi aslida necha metr?

Aslida Vatanimiz bayrogʻi 60 metr balandlikdagi flagshtokka oʻrnatilgan.

20:43 29 Noyabr 2018
Xorazmda yangi temir yoʻl va vokzal ochildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 noyabr kuni Urganch - Xiva poyezdida Xiva shahriga keldi.

19:09 29 Noyabr 2018
Oʻzbekistonda noqonuniy ravishda yiliga oʻrtacha 1 tonnaga yaqin oltin qazib olinyapti

Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi materiallarida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, bugun Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatlarida noqonuniy ravishda qimmatbaho metallarni qazib olish tizimli tus olgan boʻlib, ularning yashirincha aylanishi va chet ellarga olib chiqib ketilish holatlari ham kuzatilmoqda.

18:48 29 Noyabr 2018
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan JKning bir qator mansabdorlik jinoyatlari fakti yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

18:31 29 Noyabr 2018
Isteʼmolchining vaqtini oʻgʻirlagan ovoragarchilik uchun kim javobgar?

Koʻcha-koʻyda Majburiy ijro byurosining xodimlarini koʻrsam, ularning yozning issiq, qishning sovuq kunlaridagi “qarzdarlarga” ogohlantirish xati, talabnoma va shunga oʻxshash boshqa hujjatlarni yetkazish bilan bogʻliq mehnati koʻz oldimga keladi. Ularning faoliyatini bevosita qayta tiklanmaydigan tabiiy boyliklar bilan bogʻliqligi bois juda qadrlayman.

18:27 29 Noyabr 2018
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining bayrogʻi va emblemasi tasdiqlandi

Oʻzbekiston Prezidenti 27 noyabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining bayrogʻi va emblemasini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi.

18:19 29 Noyabr 2018
Sirdaryo viloyati IIB nafaqat gʻoliblarni, balki ularning ota-onalarini ham taqdirladi

Sirdaryo viloyat ichki ishlar organlarining tergov, jinoyat qidiruv va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida namunali xizmat olib borayotgan xodimlari oʻrtasida “Eng yaxshi tergovchi”, “Eng yaxshi tezkor vakil”, “Eng yaxshi profilaktika inspektori” nominatsiyalari boʻyicha oʻtkazilgan koʻrik tanlov yakunida nafaqat gʻoliblar, balki ularning ota-onalari...

17:48 29 Noyabr 2018
Belgiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabalari bilan uchrashdi

2018 yilning 28 noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Qarorgohi Moskva shahrida joylashgan Belgiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Rejibo Jan-Artur boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

17:44 29 Noyabr 2018
Shavkat Mirziyoyev Shovot tumanidagi toʻqimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Davlatimiz rahbari ikki yil muqaddam Uztex kompaniyalar guruhiga Shovot tumanida yuqori texnologik imkoniyatlarga ega mazkur korxonani tashkil etish va mahalliy aholini ish bilan taʼminlash yuzasidan topshiriqlar bergan edi.

16:34 29 Noyabr 2018

Yangiliklar taqvimi

Кластер