Termizda televizor ishlab chiqariladi
Illyustrativ foto
Surxondaryo viloyat bojxona boshqarmasi boshligʻi T.Saidov rahbarligidagi bojxona xodimlari Termiz shahrida qad rostlayotgan “Termiz kanselyariya mollari” MCHJ ga tegishli, loyiha qiymati 19,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan, tekstil mahsulotlari hamda televizor ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonada boʻlishdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlumot tariqasida, mazkur ishlab chiqarish obʼktida kelgusida 1100 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi va yiliga 50 000 dona televizor hamda 6,75 million dona tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻladi.
Korxona uch yil ichida tashqi bozorlarga eksport hajmini 35 mln. AQSH dollariga yetkazishi koʻzda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring