All

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari “Markaz-2019” strategik qoʻmondonlik-shtab oʻquvlarida ishtirok etadi

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari 16-21-sentyabr kunlari “Markaz-2019” yirik masshtabdagi strategik qoʻmondonlik-shtab oʻquvlarida ishtirok etadi.

09:58 22 Avgust 2019
Avtolizing... ehtiyot boʻling!

Psixologlarning fikricha? insonningtoʻkin yashashi omillari sirasiga oʻz shaxsiy uyi, oilasi va farzandlari borligi hamda shaxsiy mashinaga ega ekanligi kirar ekan. Albatta, bular nisbiy tushunchalar boʻlib, baxt va toʻkislikni hamma oʻz dunyoqarashidan kelib chiqib belgilaydi. Ammo bugungi shiddatli zamonamizda koʻpchilik insonlar...

18:01 21 Avgust 2019
Prezident stipendiyasi sohiblari uchun afzalliklar belgilandi

Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

17:53 21 Avgust 2019
Ertadan boshlab plastik kartaga naqd dollarni sotib olish mumkin

Oʻzbekistondagi tijorat banklarida ertadan, yaʼni 22-avgustdan boshlab plastik kartaga naqd valyutani sotib olish imkoniyati paydo boʻladi.

17:48 21 Avgust 2019
Prezident maktablari boshqa maktablar uchun andoza boʻlishi, taʼlim muhitini oʻzgartirishi kerak

Bu haqda davlatimiz rahbari Nukus shahrida qurilayotgan Prezident maktabi bilan tanishish chogʻida aytib oʻtdi. 

17:31 21 Avgust 2019
1-sentyabrdan E-ticket onlayn chipta savdosi rasman ishga tushirilishi mumkin

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash boʻyicha «Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda mamlakatimiz va qoʻshni davlatlar shaharlari oʻrtasida transport aloqalarini...

17:29 21 Avgust 2019
Moskvada Toshkent kunlari boʻlib oʻtadi

Ayni kunlarda Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasining Moskva shahriga tashrifi amalga oshirilmoqda. Delegatsiya aʼzolari dastlab Moskva hukumati Tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar departamentida boʻlib oʻtgan uchrashuvda ishtirok etishdi. Oʻzaro muloqot davomida tomonlar Moskva shahrida “Toshkent kunlari”ni oʻtkazish masalasini muhokama etildi.

17:27 21 Avgust 2019
Yangi kitob: “Isteʼdodli insonlar mamlakatning bebaho boyligidir”

Kitoblar bor, oʻqishni boshlab besh olti... oʻn... nari borsa yigirma betdan nari oʻtolmaysiz. Kitoblar bor, ming bir azobda oʻqib tugatasizu, ketgan vaqtingizga achinasiz. Kitoblar bor, oʻqib chiqib, dilingiz yayraydi, maʼnaviy oziq olasiz. Kitoblar bor, bir oʻqishda bosh koʻtarmasdan tugatasiz, qayta-qayta...

17:26 21 Avgust 2019
Qoraqalpogʻistonni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi

Nukus shahrida boʻlib oʻtgan yigʻilishda Qoraqalpogʻistonni yanada taraqqiy ettirish boʻyicha beshta ustuvor yoʻnalish belgilab berildi.

16:25 21 Avgust 2019
Fransiya elchisi bilan uchrashuv

2019-yil 21-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyevning Fransiya elchisi Violen de Vilmor xonim bilan uning Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

16:23 21 Avgust 2019
Maishiy hisoblagichlarning davriy qiyoslovdan oʻtkazish muddatlari 4 yildan 8 yilga uzaytirildi

“Oʻzstandart” agentligi Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiya bilan hamkorlikda isteʼmolchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida maishiy hisoblagichlarning muddatlari 4 yildan 8 yilgacha uzaytirildi.

16:19 21 Avgust 2019
Fuqaro Otabek Nuritdinovning Toshkent shahar hokimiga murojaat-xati yuzasidan

Fuqaro Otabek Nuritdinovning Toshkent shahar xokimi Jaxongir Ortiqxoʻjayevga ijtimoiy tarmoq orqali qilgan murojaatini bugungi kunga qadar bir qancha saytlar va oʻnlab guruhlar qizgʻin muhokama qildilar.

16:12 21 Avgust 2019
Rossiyada avtobusda YTHga uchraganlarga yordam bergan 20 yoshli oʻzbekistonlik mukofotlandi

Rossiyaning Perm oʻlkasida avtobusda YTHga uchraganlarni qutqarishda jonbozlik koʻrsatgan vatandoshimiz, Danil Yoʻldoshev mukofotlandi.

15:46 21 Avgust 2019
Jurnalist Trampni Britaniyani sotib olishga chaqirdi

“Grenlandiyadan nimamiz kam?” deydi Daily Mail nashri sharhlovchisi Richard Littljon va Trampni Britaniyani sotib olishga chaqirdi.

15:44 21 Avgust 2019
Samarqandda yoʻl kira narxini oʻzboshimchalik bilan oshirgan haydovchi kechirim soʻradi

Joriy yilning 17-avgust Samarqand shahridagi 41 va 30-sonli avtobus yoʻnalishlarida harakatlanayotgan haydovchilar asossiz ravishda yoʻlovchilarga yoʻl haqi oshirilgani haqida eʼlon qilishgan.

15:16 21 Avgust 2019
Deputat xotinini otib qoʻydi

RF Chelyabinsk oblasti Lokomotiv shahar kengashi deputati xotinini oʻldirganlikda gumon qilinib qamoqqa olindi.

14:54 21 Avgust 2019
Xitoyda Oʻzbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi

2019-yilning 19-avgust kuni Pekin shahrida tashrif bilan boʻlib turgan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoy Davlat kengashi aʼzosi, Tashqi ishlar vaziri Van Yi bilan birgalikda Oʻzbekiston mustaqilligining 28 yilligi hamda mamlakatimizning Xitoy poytaxtidagi Elchixonasi yangi binosining ochilishiga bagʻishlangan tantanali...

14:50 21 Avgust 2019
“Men gʻolib”da kim gʻolib?

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida oʻtkazilayotgan “Men gʻolib” shiori ostidagi tanlov bugun har bir harbiy xizmatchini yangi marralar sari chorlab, kasbiy mahorati, bilim va koʻnikmalarini oshirishga undovchi kuch boʻlib xizmat qilmoqda.

14:47 21 Avgust 2019
“Kannabis daraxti”ni parvarishlash qimmatga tushdi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda, “Qora-dori 2019” keng qamrovli tezkor tadbiri oʻtkazildi.

14:45 21 Avgust 2019
Oʻzbekistonda radiatsiya darajasi oʻzgarmagan – FVV

RFning Severodvinsk poligonida roʻy bergan portlash Oʻzbekistondagi radiatsiya darajasiga taʼsir koʻrsatmagan.

14:43 21 Avgust 2019

Yangiliklar taqvimi

Кластер