Deputat xotinini otib qoʻydi
RF Chelyabinsk oblasti Lokomotiv shahar kengashi deputati xotinini oʻldirganlikda gumon qilinib qamoqqa olindi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Tergov qoʻmitasi mintaqaviy boshqarmasi xabariga koʻra, qotillik 21-avgust kuniga oʻtar kechasi roʻy bergan.
Ham mahalliy shifoxona bosh shifokori boʻlgan deputat maishiy janjal tufayli ov miltigʻidan turmush oʻrtogʻiga qarata bir necha bor oʻq uzgan. Oqibatda ayol hayotdan koʻz yumgan.
Voqea yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring