All

Shavkat Mirziyoyev Meksika Prezidentini tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Meksika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Andres Manuel Lopes Obradorni milliy bayram – Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

11:47 16 Sentyabr 2019
Oʻzbekiston Prezidenti Kosta-Rika Prezidentini tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kosta-Rika Respublikasi Prezidenti Karlos Alvarado Kesadani milliy bayram – Musta?illik kuni bilan tabrikladi.

11:45 16 Sentyabr 2019
Oʻzbekiston Prezidenti tabrik yoʻlladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Gvatemala Prezidenti Jimmi Ernesto Morales Kabrerani milliy bayram – Musta?illik kuni bilan tabrikladi.

11:26 16 Sentyabr 2019
Uch nafar suzuvchimiz Tokio Paralimpiadasiga yoʻllanma qoʻlga kiritdi

Buyuk Britaniyaning London shahrida para-suzish boʻyicha jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi. Kelasi yili Tokioda boʻlib oʻtadigan Paralimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beradigan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari ham munosib ishtirok etib, sakkizta medal va 3 ta Paralimpiada litsenziyasini qoʻlga kiritdi.

11:25 16 Sentyabr 2019
Dollar, yevro va rubl yana qimmatlashdi

Markaziy bank xabariga koʻra, 17-sentyabrdan avgustdan Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 9411,30 soʻmni tashkil etadi. Bu oʻtgan haftadagi qiymatdan 15,67 soʻm qimmatdir.

11:24 16 Sentyabr 2019
Urgutda egasi yoʻq kanalizatsiya yoki koʻchaga oqayotgan qoʻlansa oqovani kim toʻxtatadi?

Yodingizda boʻlsa, shu yilning 9-iyulida saytimizda “Urgutdagi egasi yoʻq kanalizatsiya yoki ariqda oqayotgan qoʻlansa oqova” sarlavhasi bilan tanqidiy material bergan edik. Maqola chiqqach, bir kun oʻtib, kanalizatsiyaning “egasi” topilgan va maxsus texnikalar olib kelib muammoni hal qilgan edi.

11:22 16 Sentyabr 2019
Oʻzbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish toʻgʻrisidagi Naxichevan Bitimini ratifikatsiya qildi

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish toʻgʻrisidagi Naxichevan Bitimini (Naxichevan, 2009-yil 3-oktyabr) ratifikatsiya qilish haqidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (OʻRQ-568-son, 14.09.2019-y.).

11:21 16 Sentyabr 2019
Tanganing ikkinchi tomoni yoxud pochta xizmatidagi oʻziboʻlarchiliklarga qachon chek qoʻyiladi?

Bugun bizga gazeta va jurnallar kerakmi? Virtual olam keng ommalashayotgan ayni paytda bu savolning ahamiyati yanada ortmoqda, nazarimizda. Qolaversa, ushbu fikrni dastak qilayotganlar koʻpayayotgani kishini ajablantirmay qoʻymaydi.

11:07 16 Sentyabr 2019
Xorazmda “Raqs sehri” xalqaro festivali oʻtkazilmoqda(foto)

Qadimiy va navqiron Xiva yana bir nufuzli xalqaro anjumanga mezbonlik qilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida anʼanaviy “Raqs sehri” xalqaro festivali oʻtkazilyapti.

11:03 16 Sentyabr 2019
Namangandagi xalqaro forumda 92,7 mln. dollarlik 22 ta muhim kelishuvga erishildi va bitimlar imzolandi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 13-14-sentyabr kunlari Namanganda “XXI asrda tibbiyot va farmatsevtikaning rivojlanishida investitsiyalar va innovatsiyalarning roli” mavzuida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.

10:39 16 Sentyabr 2019
Davlat chegarasi orqali kimlar va nimalar birinchi navbatda oʻtkazilishini bilasizmi?

“Huquqiy axborot” kanali orqali davlat chegarasi orqali birinchi navbatda kimlar va nimalar oʻtkazilishi eslatib oʻtildi.

10:33 16 Sentyabr 2019
Oʻzbekiston harbiylari arqon tortishda tengsiz ekanini isbotladi

“Markaz – 2019” strategik qoʻmondonlik-shtab oʻquvi doirasida oʻquv-amaliy mashqlarni bajarish maqsadida harbiy xizmatchilarimiz Rossiya mudofaa vazirligidan jangovar va harbiy texnika hamda oʻq otish qurollarini vaqtinchalik qabul qilib oldi. Vaqtinchalik foydalanishga olingan qurol-aslaha va texnikalarga kunlik texnik xizmat koʻrsatib kelinyapti. Barcha...

10:21 16 Sentyabr 2019
2004-yilda yopilib qolgan tuman yana jonlanmoqda yoxud Boʻzatovning baxti

Davlat rahbarining shu yil 20-21-avgust kunlari Qoraqalpogʻistonga tashrifi davomida chorvachilikni rivojlantirish maqsadida Boʻzatov tumanini qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi xalqimizni behad quvontirdi. Zero, Yerkindaryo, Shaxaman dalalaridan to Moʻynoqqacha choʻzilgan hududda ilgari uyur-uyur yilqilari, poda-poda qoramollari, suruv-suruv qoʻylari, Dautkoʻldagi marjon baliqlari...

10:20 16 Sentyabr 2019
“YPX xodimi ayol kishini dubinkada urib oʻldirib qoʻydi» nomli xabarga IIV rasmiy munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “YPX xodimi ayol kishini dubinkada urib oʻldirib qoʻydi” sarlavhali xabar tarqatilgan edi. Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi tomonidan maʼlum qilinishicha, ushbu xabar Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan oʻrganib chiqildi.

10:16 16 Sentyabr 2019
“Dunyo” axborot agentligining vazifalari belgilandi

Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

10:12 16 Sentyabr 2019
Taʼlim krediti qanday tartirbda beriladi?

Banklar tomonidan oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi boʻlimlariga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan talabalarning oʻqishi uchun ularning oʻzlariga, ota-onalari yoki vasiylariga taʼlim kreditlari berilishi mumkin.

10:10 16 Sentyabr 2019
Avtomobil narxlari bir turdagi toʻlov hisobga olinmaganda oʻzgarishsiz qoldirildi

UzAuto Motors Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan 2019-yilning 1-oktyabridan eʼtiboran yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun Respublika yoʻl jamgʻaramasiga amalga oshiriladigan 3 foiz miqdoridagi yigʻim avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan toʻlanishi belgilangani haqida maʼlum qildi.

10:02 16 Sentyabr 2019
OFK prezidenti Shayx Salmon Toshkentga yetib keldi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi taklifi bilan Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa Oʻzbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar berilgandi. Biroz oldin martabali mehmon yurtimizga yetib keldi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.

10:00 16 Sentyabr 2019
Eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi qanday?

Hukumat qarori bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

09:59 16 Sentyabr 2019
Toshkentda bepul metro va avtomobilsiz kun oʻtkaziladi

2019-yilda Toshkent birinchi marta har yili 16-22-sentyabr kunlari boʻlib oʻtadigan va dunyoning 50ga yaqin mamlakat ishtirok etadigan Yevropa Harakatlanish Haftasining rasmiy ishtirokchisiga aylandi. Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi koʻmagida Toshkent shahri hokimligi poytaxt boʻlib oʻtadigan Yevropa Harakatlanish Haftasi doirasidagi tadbirlarning tashabbuskori...

09:49 16 Sentyabr 2019

Yangiliklar taqvimi

Кластер