All

“Human” xususiy bandlik agentligiga berilgan litsenziya toʻxtatildi. Nega?

“Human xususiy bandlik agentligi” MCHJga Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shugʻullanish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi vaqtinchalik toʻxtatildi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi maʼlum qildi.

09:36 18 Sentyabr 2019
Jalgasbay Berdimuratov ham Tokio Olimpiadasi ishtirokchisiga aylandi

-77 kilogrammda klassik kurashchi Jalgasbay Berdimuratov ham Tokio Olimpiadasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

22:02 17 Sentyabr 2019
Oʻzbekistonda Signal va Wire messenjerlarini koʻchirib olish keskin oʻsgan. Nega?

Oʻzbekistonda Signal va Wire messenjerlarini koʻchirib olish keskin koʻpaygan. Buni App Annie tahlil servisi maʼlumotlaridan bilib olish mumkin.

21:02 17 Sentyabr 2019
BMT Bosh kotibining yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha maxsus vakili Oʻzbekistonga tashrif buyuradi. U oldin “Formula-1”da sport direktori boʻlgan

BMTning yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha maxsus vakili Jan Todt 2019-yil 17-19-sentyabr kunlari Oʻzbekiston rasmiylari, xususiy sektor, fuqarolik jamiyati va yoshlar vakillari bilan uchrashish uchun Oʻzbekistonga tashrif buyuradi.

20:36 17 Sentyabr 2019
Elmurat Tasmuradov Tokio Olimpiadasiga litsenziya qoʻlga kiritdi

Elmurat Tasmuradov jahon chempionatida bronza medali uchun kurashish imkoniyati va eng asosiysi Tokio Olimpiadasining yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

20:05 17 Sentyabr 2019
Ichkilik qotillikka sabab boʻldi

Dehqonobod tumanida sodir boʻlgan qotillikka ichkilik sabab boʻldi.

19:34 17 Sentyabr 2019
Sanoatda mahalliylashtirish va kooperatsiyani keskin kengaytirish masalalari muhokama etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 17-sentyabr kuni sanoatni jadal rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va koʻlamini kengaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

19:10 17 Sentyabr 2019
Toshkentda metro tekinga yuradigan kun qanday oʻtadi?

Poytaxtimiz ilk marta har yili 16-22-sentyabr kunlari boʻlib oʻtadigan va dunyoning 50ga yaqin mamlakat ishtirok etadigan Yevropa Harakatlanish Haftasining rasmiy ishtirokchisiga aylangan.

19:02 17 Sentyabr 2019
Toshkentda Sanoat robototexnikasi boʻyicha II Sammit oʻtkaziladi

Joriy yilning 2-oktyabr kuni poytaxtimizning Wyndham Hotel mehmonxonasida Sanoat robototexnikasi boʻyicha ikkinchi sammit boʻlib oʻtadi.

18:31 17 Sentyabr 2019
Yangi jurnal: uning ilk soni nashrdan chiqdi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan “Markaziy Osiyoda jamiyat, gender va oila” nomli xalqaro jurnalning ilk soni nashr etildi.

18:30 17 Sentyabr 2019
Komissiya aʼzolari oilalarda nizoli vaziyatlarni hal etishning zamonaviy uslublaridan bexabar

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi yarashtiruv komissiyalari faoliyati samaradorligini tahliliy oʻrganish natijalari hamda oilaviy nizolarni tartibga solish sohasida yangi usul hisoblangan mediatsiyani tatbiq etish masalalarining taqdimotini oʻtkazmoqda.

18:28 17 Sentyabr 2019
“Ayritom” chegara-bojxona postiga zamonaviy radiatsiya nazorati qurilmalari topshirildi

2019-yil 16-sentyabr kuni Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara-bojxona postida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlariga begʻaraz koʻmak sifatida taqdim qilingan radiatsion portal monitorlarini tantanali qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi.

17:44 17 Sentyabr 2019
BTR ikki nafar gvardiyachini bosib ketdi. Ulardan biri hayotdan koʻz yumdi

RFning Smolensk oblastida oʻtkazilayotgan harbiy mashgʻulotlar paytida BTR Rossiya milliy gvardiyasi ikki nafar xodimini bosib ketgan.

17:32 17 Sentyabr 2019
Bugun Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichi boshlanadi

17-sentyabr kuni 2019-2020-yilgi mavsum Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichi boshlanadi.

17:24 17 Sentyabr 2019
Kuvaytlik investorlar guruhi Namangan viloyatida chipslar va sneklar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi

Investorlarning taʼkidlashicha, loyiha doirasida qurilishi moʻljallangan zavodga 2,2 million AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan toʻgʻri sarmoya kiritilishi belgilangan.

17:21 17 Sentyabr 2019
Arnasoyda 64 ta xonadon ichimlik suvi bilan taʼminlandi

Arnasoydagi Doʻstlik qishlogʻida 2,7 km masofaga yangi ichimlik suvi tarmogʻi tortilib, buning natijasida64 ta xonadan egalari ichimlik suvi bilan taʼminlandi.

17:16 17 Sentyabr 2019
Xans Klyuge – JSST Yevropa mintaqaviy byurosining yangi direktori

JSST Yevropa mintaqaviy byurosini mintaqaviy qoʻmita tomonidan saylanadigan direktor boshqaradi.

17:12 17 Sentyabr 2019
Namanganlik velosportchi Osiyo chempionatida sovrindor boʻldi

Hindistonda velotrek boʻyicha kattalar va oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo kubogi bahslarida Dilmurod Siddiqov kumush medalga sazovor boʻldi.

17:04 17 Sentyabr 2019
“Oʻzbekkino” BBC bilan hamkorlikda Oʻzbekiston haqida hujjatli filmlar suratga olish boʻyicha yirik loyihani amalga oshirmoqchi

Londonda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi rahbariyati BBC Broadcasting House kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. BBC oʻzbek xizmati Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati haqida 10 daqiqalik haftalik dasturlar berib bormoqchi.

16:55 17 Sentyabr 2019
Mahmud Murodov UFC bilan qancha muddatga shartnoma imzolaganini aytdi

Olamsport sayti Mahmudning oʻzi bilan bogʻlandi va shartnoma bandlari boʻyicha aniq maʼlumot oldi.

16:49 17 Sentyabr 2019

Yangiliklar taqvimi

Кластер