All
Joriy yilning 26-sentyabr kuni Profi Training biznes maktabi va Innovatsion rivojlanish vazirligi koʻmagida “Investor: Oʻzbekiston tomon nazar” konferensiyasi boʻlib oʻtadi.
11:45 18 Sentyabr 20192019-yil 18-sentyabr kuni Senatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning BMT Bosh kotibining oʻrinbosari, Yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha maxsus vakili Jan Todt bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
11:44 18 Sentyabr 2019Oʻzbekistonlik futbol muxlislari uchun ajoyib yangilik – mamlakatimiz kelasi yili boʻlib oʻtadigan 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi qitʼa chempionati final bosqichiga mezbonlik qiladi. Bu haqda OʻFA xabar berdi.
11:34 18 Sentyabr 2019Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida Mudofaa vazirligi oliy harbiy taʼlim muassasalarining 2018/2019-yilgi bitiruvchilari bilan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
11:30 18 Sentyabr 2019Joriy yilning aprel oyida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Oʻz harajatlarini oʻzi qoplash asosida moliyalashtish uchun Startap loyihalar uchun yangi tanlov eʼlon qilindi. Eslatib oʻtamiz, avvalgi turda 16 ta loyiha gʻolib deb topilgan.
10:46 18 Sentyabr 2019Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʻra, inson bir yilda oʻrtacha 55 kilogramm goʻsht isteʼmol qilishi kerak. Agar oilada toʻrt-besh nafar odam yashashini hisobga olsak, unda 220-275 kilogramm goʻsht zarur boʻladi.
10:43 18 Sentyabr 2019Mamlakatimizda koʻpgina sohalar kabi oliy taʼlim tizimi ham jiddiy isloh qilinmoqda va kreati. Hozirgi kunda oliy taʼlimga eʼtibor har qachongidan ham kuchaydi. Innovatsion v fikrlaydigan talaba yoshlarni tarbiyalash borgan sayin muhim strategik vazifaga aylanmoqda.
10:42 18 Sentyabr 2019Avvalo maʼlumot uchun aytib oʻtamiz: UZREPORT TV boks boʻyicha Jahon chempionati chorak final janglarini jonli efirda namoyish qiladi.
10:39 18 Sentyabr 2019“Daut-ata” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan 12 million soʻmlik 24 shisha viskilarni hech qanday tegishli hujjati yoʻqligi maʼlum boʻldi.
10:35 18 Sentyabr 2019Boks boʻyicha Yekaterinburg shahrida oʻtkazilayotgan jahon chempionatida toʻqqizinchi kun bellashuvlari yakunlariga koʻra besh nafar bokschimiz chorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
10:27 18 Sentyabr 2019Oʻzbekiston haqida noyob dasturlar tayyorlash hamda ularni dunyoning mashhur telekanallarida namoyish qilish maqsadida “TopGear”, “VokrugSveta”, “NationalGeographic” kabi taniqli telekanal va koʻrsatuvlar vakillarini yurtimizga jalb qilish rejalashtirilmoqda.
10:26 18 Sentyabr 2019Shvetsiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz Stokgolm shahri markazidagi mashhur Drottninggatan maydoniga toʻplanishdi. Maydonda Oʻzbekiston filarmoniyasi “Sugʻdiyona” milliy cholgʻular kamer orkestri tomonidan ijro etilgan milliy kuy-qoʻshiqlarimiz ijro etilib, yigʻilganlar raqsga chorlandi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.
10:25 18 Sentyabr 2019Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida urgutlik yakka tartibdagi tadbirkor Farhod Rustamov oʻziga tegishli savdo doʻkonida spirtli ichimliklar bilan tegishli hujjatsiz savdo qilayotgani, Soyguzar mahallasida yashovchi Ibrohim Obloberdiyev savdo doʻkoni oldida noqonuniy benzin savdosini yoʻlga qoʻygani aniqlandi.
10:21 18 Sentyabr 2019Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi Oʻzbekiston fuqarolari ishtirokida 2019-yilning 9 centyabr kuni sodir boʻlgan hodisa haqida OAVda tarqalgan maʼlumotni tasdiqladi.
10:19 18 Sentyabr 2019Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
10:17 18 Sentyabr 2019Atom elektr stansiyasi (AES) uchun uzoq muddatli uskunalarni ishlab chiqarish tajribasini oʻrganish, shuningdek tomonlar oʻrtasida muzokaralar olib borish va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun “Oʻzatom” agentligi delegatsiyasi Sankt-Peterburgdagi (Rossiya Federatsiyasi) “Silovыye mashinы” AJK ishlab chiqarish obyektlarida boʻldi.
10:16 18 Sentyabr 2019Shavkat Mirziyoyev Chili Prezidenti Sebastyan Pinyera Echenikeni mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
09:50 18 Sentyabr 2019Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyuldagi PQ–4397-son “Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida koʻrsatilgan ayrim talablar notoʻgʻri talqin qilinish holatlari uchramoqda.
09:48 18 Sentyabr 20192020-yil 31-dekabrga qadar eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirilishi kerak.
09:46 18 Sentyabr 2019Maktablarda oʻquvchilarni oʻrnatilgan tartibdagi kiyimda kelmaganligi uchun oʻquv muassassasiga kiritilmaslik holatlari uchramoqda.
09:36 18 Sentyabr 2019