All

Innovatsion rivojlanish vaziri “Belarus” yuqori texnologiyalar parki rahbari bilan muzokaralar olib bordi

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov 11-sentyabr kuni “Belarus” yuqori texnologiyalar parkining Kuzatuv kengashi raisi Vsevolod Yanchevskiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

16:39 13 Sentyabr 2019
Fransiyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi ishonch yorligʻini topshirdi

2019-yilning 13-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Fransiya Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Izabel Servoz-Galluchchini qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

16:38 13 Sentyabr 2019
Toshkent – Andijon yoʻlovchi poyezdining toʻxtab qolishiga izoh berildi

Joriy yil 13-sentyabr kuni soat 09:25 da tashqi elektr tarmogʻida yuzaga kelgan nosozlik tufayli, Toshkent – Andijon yoʻnalishida harakatlanayotgan №60-sonli yoʻlovchi poyezdi Angren vokzalida 50 daqiqa toʻxtadi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” kompaniyasi xabar berdi.

16:37 13 Sentyabr 2019
Romitanda “Uzum va anjir” festivali boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “2017-2019-yillarda Buxoro viloyati va Buxoro shahrining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qator loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.

16:36 13 Sentyabr 2019
Atom energiyasi toʻgʻrisidagi Qonun: 10 ta afsona va haqiqat

Har qanday qonun hujjati matnini toʻliq oʻqimaslik yoki yaxshi tushunmaslik notoʻgʻri talqinlarga sabab boʻlishi mumkin. Atom energiyasi borasida tushunmovchiliklarning oldini olish uchun odamlar orasida tarqalgan quyidagi “afsonalar”ni tahlil qilib koʻramiz.

16:22 13 Sentyabr 2019
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan muammolar koʻrib chiqildi

2019-yil 13-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi majlisi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining matbuot xizmati xabar berdi.

16:17 13 Sentyabr 2019
Inspektorlar dalaga chiqadi

AOKAda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda OAV vakillari bilan munozarali savol-javob boʻlib oʻtmoqda. Bunda koʻtarilgan masala yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berilmoqda. Xususan, majburiy mehnat boʻyicha murojaatlar besh kun ichida oʻrganilishi hamda unga chora koʻrilishi taʼkidlab oʻtildi.

16:16 13 Sentyabr 2019
“Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi 150 ming dollarlik AQSH davlat grantini qoʻlga kiritdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, tarixiy, madaniy, meʼmoriy obidalarni asrab-avaylash va qayta taʼmirlash, xorijiy hamkorlar bilan ijodiy va investitsion sohalarda hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha qator qaror va topshiriqlarni bajarish borasida Xivadagi Ichan-qalʼa muzey qoʻriqxonasida...

16:15 13 Sentyabr 2019
“Majburiy mehnat barcha sohalarga tegishli“

AOKAda dolzarb masalaga bagʻishlangan anjuman davom etmoqda. Tadbirda taʼkidlanishicha, bugungi kunda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa hamkor tashkilotlarga taqdimnomalar yuborilgan. Bu esa majburiy mehnatga birgalikda qarshi kurashishni anglatadi.

15:55 13 Sentyabr 2019
Majburiy mehnatga qarshi kurash davom etadi

Majburiy mehnatga qarshi kurashish bugunning eng dolzarb mavzularidan biri hisoblanadi. Ayniqsa, paxta yigʻim-terimi mavsumida bu mavzu yana jonlanadi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida boshlangan “Oʻzbekistonda majburiy mehnatga barham berish va uning oldini olish boʻyicha olib borilayotgan chora-tadbirlar“ mavzusiga bagʻishlangan matbuot...

15:37 13 Sentyabr 2019
Namanganda tibbiyot va farmatsiya boʻyicha xalqaro forum ish boshladi

Namangan viloyatida “XX1 asrda tibbiyot va farmatsevtikaning rivojlanishida investitsiya va innovatsiyaning roli” mavzuiga bagʻishlangan Xalqaro tibbiyot va farmatsevtika forumi oʻtkazilmoqda.

15:23 13 Sentyabr 2019
Qahramon ERGASHEV: Elektr, gaz va suv hisoblagichlari qiyoslov koʻrigidan 8 yilda oʻtkaziladi

Mamlakatimizda fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimi tubdan isloh qilinib, izchillik bilan takomillashtirilmoqda. Bu aholining hayot sifati, mamlakatning investitsiya iqlimi, ishchanlik muhitini yaxshilash imkonini bermoqda.

13:10 13 Sentyabr 2019
Tabarruk meros qadri

Bosh omon boʻlsa, doʻppi topiladi, degan naql bor xalqimizda. Ammo bugun koʻpchilik odamlar, ayniqsa, yoshlar milliy bosh kiyimlarga bir qadar eʼtiborsiz munosabatdaki, goʻyo omon boshlarimizga doʻppi topilmayotgandek. Aslida, zamonlar osha avlodlardan-avlodlarga oʻtib, qadriyat darajasiga koʻtarilgan doʻppilarning inson salomatligi va milliy...

12:31 13 Sentyabr 2019
Abdugʻaffor QIRGʻIZBOYEV: Yangi tahrirdagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi joylarda keng muhokama qilinmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tomonidan Qonunchilik palatasida birinchi oʻqishda maʼqullangan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasining joylarda keng muhokamalari boʻlib oʻtmoqda.

12:15 13 Sentyabr 2019
Yakkasaroy tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sayfutdinov Anvar Nazarovich Yakkasaroy tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

12:00 13 Sentyabr 2019
Taʼlim sifatini oshirish va baholash - jahon hamjamiyatining asosiy muammolaridan biri sifatida

Joriy yilning 9-13-sentyabr kunlari Shveysariyaning Syurix shahrida boʻlib oʻtayotgan global taʼlimni rivojlanishi sammitida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat davlat inspeksiyasi delegatsiyasi ishtirok etmoqda. Sammit oliy taʼlim muassasalarining dunyo miqyosidagi reytingini baholash boʻyicha tadqiqot olib boradigan Times Higher...

11:59 13 Sentyabr 2019
Zafarobod tumaniga doir internetda tarqatilayotgan xabarlar notoʻgʻri – tuman hokimligi

Baʼzi bir xorijiy internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan asoslanmagan va tekshirilmagan notoʻgʻri maʼlumotlarni oxirgi ikki yil mobaynida viloyatimizda xususan, Zafarobod tumanida olib borilayotgan keng koʻlamdagi bunyodkorlik ishlariga dogʻ tushirishga harakat deb baholash mumkin, deyiladi Zafarobod tumani hokimligi matbuot xizmati...

11:57 13 Sentyabr 2019
Milliy gvardiya vakolatlari kengaymoqda

Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bir qator qonunlar ikkinchi oʻqishda deputatlar tomonidan koʻrib chiqilishi uchun maromiga yetkazilayotgan boʻlsa, qonun tashabbusi huquqiga ega subyektlar tomonidan kiritilgan yana ayrim qonun loyihalari birinchi oʻqishda muhokama qilish uchun masʼul qoʻmitalar tomonidan tayyorlanmoqda.

11:47 13 Sentyabr 2019
Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugunga qadar Yakkasaroy tumani hokimi boʻlib ishlab kelgan Baxtiyor Abduvohidovich Shomurodov Sergeli tumani hokimi etib tayinlandi.

11:16 13 Sentyabr 2019
24 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqargan shaxs aniqlandi

Yakkabogʻ tumanidagi Uygʻur qishlogʻida yashovchi A.N. “tadbirkorlik”ning oʻziga xos yoʻlini tutibdi: yashash uyining yordamchi xoʻjalik xonasida zigʻir doni va chigitni qayta ishlaydigan qoʻlbola sex tashkil qildi. Nomidan koʻrinib turibdiki, qoʻlbola mahsulotning odam salomatligiga zarar yetkazmasligiga kafolat yoʻq, boz ustiga faoliyat...

11:13 13 Sentyabr 2019

Yangiliklar taqvimi

Кластер