All
“Shifokorlarimiz bemorlarga dori-darmon buyurishda, ixtisoslashgan tekshiruvlarga yuborishda xolis tavsiya berish oʻrniga, bu jarayonni tom maʼnoda “biznes”ga aylantirib yuborganligi aholining haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.
18:57 25 Dekabr 2019Ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Hukumat qarori (1030-son, 24.12.2019-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
17:58 25 Dekabr 2019— Oʻz vatanimga, oshiyonimga ega boʻlganimdan quvonchim cheksiz. Turmush oʻrtogʻim vafot etgan, oʻzim 2-guruh nogironiman, uch nafar voyaga yetmagan qizlarim bor. Shu paytgacha ukamning xonadonida yashar edik. Yangi yil arafasida oʻz uyimizga ega boʻldik. Baribir oʻzingni toming, oʻz uyingda yashash...
17:52 25 Dekabr 2019“BMTning biometrik hujjatiga ega boʻlgan chet el fuqarolari uchun Oʻzbekistonga kirishda vizasiz rejimni belgilash va viza rejimini yengillashtirish toʻgʻrisida” Prezident Farmoni (PF–5896-son, 24.12.2019-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
17:46 25 Dekabr 2019Pokiston Respublikasining 42 000 nusxada chop etiladigan “Ittihod” gazetasi bosh muharriri, 10 000 nusxada chiqadigan “Xalqaro tinchlik” jurnali muassisi Tohir Foruq Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga tashrif buyurdi. Uyushma jamoasi va binosida joylashgan tahririyatlar – “Yoshlik”, “Jahon adabiyoti”, “Sharq yulduzi” – “Zvezda...
17:42 25 Dekabr 2019“Xalq soʻzi ONLINE”. Abdulaziz Yoʻldoshev/Samarqand. “Mehr bering — bolalarga mehribonlar”. Samarqand avtomobil va yoʻllar kasb-hunar kollejida viloyat kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan xayriya aksiyasi shunday nomlandi.
17:31 25 Dekabr 2019“Xalq soʻzi ONLINE”. Qudratilla Najmiddinov/Namangan. Namanganda ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, mehnat qobiliyati cheklangan va turarjoyga muhtoj bir guruh fuqarolarga yangi xonadonlar kaliti topshirildi.
17:27 25 Dekabr 2019“Xalq soʻzi ONLINE”. Abdulaziz Yoʻldoshev/Samarqand. Joriy yilning oʻtgan 11 oyida “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari hisobidan 1254 nafar fuqarolarga moddiy yordam, 175 nafar oilaning uy-joylarini taʼmirlash uchun 736 million soʻm mablagʻ sarflangan. 138 ta oilaga uy-joyining 2 105,0 million million...
17:23 25 Dekabr 2019Soʻnggi yillarda yurtimizda sud-huquq tizimini isloh qilish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Lekin shunday boʻlsa-da, bu sohada hali yechimini kutayotgan muammolar talaygina. Inson huquqlari kafolatlangan tom maʼnodagi fuqarolik jamiyati qurish uchun jamoatchilik nazoratiga va tabiiyki, ommaviy axborot vositalarining oʻtkir nigohiga...
17:19 25 Dekabr 2019Vazirlar Mahkamasining xalqimizning sevimli yozuvchisi Abdulla Qodiriy tavalludining 125-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisidagi farmoyishi nafaqat ulugʻ adib xotirasining abadiylashtirilishi, balki uning shaxsi, betakror asarlari targʻibotida ham muhim ahamiyat kasb etdi.
17:07 25 Dekabr 2019Kundalik turmushimizda jamoat transportining alohida ahamiyati va oʻrni mavjudligi barchamizga oydek ravshan. Shu bilan birgalikda, yurtimizda aholiga transport xizmatlari koʻrsatish borasida yetarlicha muammo va kamchiliklar toʻplanib qolgani ham sir emas. Muammo bor ekan, uning qandaydir ijobiy yechimi ham boʻladi. Shu...
16:57 25 Dekabr 2019Fuqarolarimizning Yangi yil bayramini munosib kutib olish va dam olish kunlarida yurtimizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilib, maroqli hordiq chiqarishlariga imkoniyat yaratish maqsadida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan “Toshkent — Samarqand — Toshkent” yoʻnalishida harakatlanadigan №764/763 — “Afrosiyob” poyezdining qoʻshimcha...
16:45 25 Dekabr 2019Bugun, 25-dekabr kuni Bosh prokuraturada Bosh prokuror N.Yoʻldoshev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Respublika Idoralararo komissiyasining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Bosh prokuratura maʼlum qildi.
16:40 25 Dekabr 2019Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi audit, soliq, tranzaksiyalarni qoʻllab-quvvatlash va konsalting sohasida xalqaro yetakchi boʻlgan Ernst & Young (EY) kompaniyasiga investitsion maslahatchi litsenziyasini taqdim etdi.
16:27 25 Dekabr 2019Yuqoradiga kabi koʻplab oʻtkir masalalar Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasining sogʻliqni saqlash sohasidagi muammolarga bagʻishlangan bugungi yigʻilishda koʻrib chiqildi. Unda maʼruza qilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev sohada yigʻilib qolgan kamchilik va nuqsonlar haqida tanqidiy fikrlar bildirdi.
15:59 25 Dekabr 2019“Xalq soʻzi ONLINE”. Odilbek Odamboyev/Xorazm. Yangi yil bayrami arafasida Xorazm viloyatidagi “Shovot don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatida sutkasiga 150 tonna bugʻdoyni qayta ishlash quvvatiga ega zamonaviy tegirmon qurib ishga tushirildi. Turkiyaning “Erkan Makina” kompaniyasida ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 918 mingAQSH dollariga...
14:18 25 Dekabr 20192020-2021-yillarda Surxondaryoda limonchilikni rivojlantirish uchun Turkiyaning “Azom Enerji Mühendislik İnşaat Ticaret Limited Şirketi” bilan hamkorlikda umumiy qiymati 60 million dollarga teng boʻlgan loyiha amalga oshiriladi. Mazkur kompaniya taʼsischiligida viloyatda “Organik Limon” masʼuliyati cheklangan jamiyati tashkil etilib, Termiz tumanidagi “Nurafshon” mahallasi...
14:05 25 Dekabr 2019Asosiy masala soʻmning xorijiy valyutalarga nisbatan amalda uchta kursi (rasmiy kurs, “qora bozor” kursi, birja kursi) shakllangani, pulni naqdlashtirishda ustama foizlar paydo boʻlgani, xizmatlar va isteʼmol tovarlari bahosida naqd va naqdsiz pul oʻrtasidagi katta farqlar vujudga kelgani — bularning barchasi...
14:00 25 Dekabr 2019“Xalq soʻzi ONLINE”. Ilhom Rahmatov/Surxondaryo. Termiz shahridagi “Alpomish” kurash majmuasida Surxondaryo viloyati hokimi sovrini uchun Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Amir Temur oʻgʻlonlari” va “Jaloliddin Manguberdi vorislari” viloyat tanlovi gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
13:49 25 Dekabr 2019Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining yakuniy bayonnomalari oʻrganib chiqilganda, 3 ta saylov okrugida saylov natijalarini aniqlash jarayonida arifmetik xatolikka yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi. Bular Samarqand viloyati 67-Pastdargʻom saylov okrugi hamda Fargʻona viloyati 102-Yaypan va 106-Bagʻdod saylov okruglaridir.
13:45 25 Dekabr 2019