“Biznesmen” shifokorlar va “shifokor” biznesmenlar oʻrtasidagi “hamkorlik” qanday yoʻlga qoʻyilgan?

18:57 25 Dekabr 2019 Jamiyat
1682 0

Misol uchun, “ferveks”, “elevit”, “vitrum”, “azimak”, “aktovegin”, “flunol” kabi dorilarni buyurish uchun tadbirkorlar shifokorlarga haq toʻlayotganligi haqida tezkor maʼlumotlar kelib tushmoqda.

Eng xavflisi, dori sotish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlardan mijoz yuborganligi uchun “ulush” olayotgan ayrim shifokorlarimiz zarurati boʻlmagan dori vositalarini ham buyurmoqda.

Bu borada vazirlik yoki soha mutasaddilari tomonidan biron-bir profilaktik ishlar olib borilmayotgani bor haqiqat.

Davolash ishlaridan maqsad — yurtimizni xorijda ishlab chiqarilgan, boʻlar-boʻlmas dori vositalari oʻtkaziladigan bozorga aylantirish emas, balki tom maʼnoda aholi salomatligini asrash boʻlishi kerak. Buni soha mutasaddilari qachon tushunib yetadi?!” dedi Bosh prokuror bugun boʻlib oʻtgan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Respublika Idoralararo komissiyasining kengaytirilgan yigʻilishida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер