All

Oliy harbiy institutlarga saralash tadbirlari qanday davom ettirilmoqda?

Javob: Mudofaa vazirligiga qarashli oliy harbiy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish uchun tuman mudofaa ishlari boʻlimlarida (karantin sababli joriy etilgan cheklov choralariga koʻra qizil hudud etib belgilangan tumanlardan tashqari) ayni paytda saralash tadbirlari ijtimoiy masofani saqlagan holda davom ettirilmoqda....

18:18 26 May 2020
Noqonuniy valyuta savdosiga chek qoʻyildi

Buxoro viloyati IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi hamda Departamentning Buxoro shahar boʻlimi xodimlari tomonidan fuqaro M.O.ning arizasi yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda shaharning Piridastgir koʻchasidagi novvoyxonada 35 yoshli X.Oʻ. fuqaro M.O.dan 3600 AQSH dollarini 36.360.000 soʻmga sotib olgan...

17:40 26 May 2020
Tibbiyot xodimlariga 19,6 mlrd.soʻm miqdorida maxsus ragʻbatlantirish pullari toʻlovi kechikkani aniqlandi

Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan koronavirus bilan kasallangan va karantinga olingan fuqarolar davolanayotgan sogʻliqni saqlash muassasalari hamda boshqa tashkilotlarning tibbiyot xodimlariga beriladigan ragʻbatlantirish pullarini toʻlanishi Moliya vazirligining nazoratida turibdi.

17:15 26 May 2020
Ekspertlar: Rossiya qishloq xoʻjaligi sohasi migrantlarga muhtoj

Maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda Rossiya qishloq xoʻjaligi sohasida 500 mingga yaqin mehnat migrantlari ish bilan band. Koronavirus infeksiyasi tarqalishi sababli mamlakatlar oʻrtasidagi chegaralarning yopilishi oqibatida mehnat migratsiyasi oqimi toʻxtadi. Bu oʻz navbatida sohaga xavf tugʻdirmoqda. Ekish va oʻrim-yigʻim ishlarini muvaffaqiyatli...

17:05 26 May 2020
Davlat byudjeti ijrosi bilan bogʻliq kamchiliklar tanqid qilindi

Davlat byudjeti ijrosi parlamentda muhokama etilishi katta ijtimoiy ahamiyatga ega masala. Bu jarayonda byudjet mablagʻlari sohalarda va hududlarda qanday sarflanayotganini tahlil qilish, kamchiliklar boʻlsa, ularni tuzatish chorlarini koʻrish imkoniyati yuzaga keladi.

16:29 26 May 2020
Barqaror rivojlanish maqsadlari: 2030-yilgacha taʼlim olish sifati yana-da yuksaladi

2015-yilning sentyabr oyida Oʻzbekiston BMT Sammitida eʼlon qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlarining milliy darajada bajarilishi boʻyicha shartlarini qabul qildi. Shunga koʻra, 2018-yil 20-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2030-yilgacha boʻlgan davrda Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi...

16:28 26 May 2020
Davlat qarzlarini optimallashtirish lozim

2020-yil 26-may kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi yigʻilishida “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2019-yildagi ijrosi toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2020-yil birinchi chorakdagi ijrosi toʻgʻrisida”gi...

16:27 26 May 2020
Fransiyalik futbolchi Jahon chempionatida yutib olgan oltin medalini sotib yubordi

2018-yil futbol boʻyicha Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Fransiya terma jamoasi aʼzosi oltin medalini kim oshdi savdosida 65 000 yevroga sotgan. 

16:14 26 May 2020
Jizzax viloyati Paxtakor tumanida sugʻoriladigan yerga noqonuniy aerodrom qurilgani aniqlandi

“Mingchinor” QFY hududidagi “Silverleafe International LLC” agroklaster tomonidan qurilgan ushbu aerodrom jami 8 gektar yerni egallab turibdi, shundan 6 gektari sugʻoriladigan ekin yerlaridir.

16:08 26 May 2020
Boj toʻlashdan shartli ozod etiladigan tovarlar roʻyxati toʻldirildi

Hukumat qarori (322-son, 23.05.2020-y.) bilan Bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan shartli ozod etish, ozod etish shartlari, shuningdek imtiyozlarning amal qilish muddatlari qoʻllaniladigan vaqtincha olib kiriladigan tovarlar roʻyxatiga qoʻshimcha kiritildi.

16:02 26 May 2020
Fargʻonada xitoylik hamkorlar bilan toshdan qogʻoz ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

Oʻzbekiston Respublikasining Pekindagi elchixonasi tomonidan Xitoyning “Henan GX-Mach Yenvironmental Technoloji Co.LTD” kompaniyasi va uning mamlakatimizdagi hamkorlari ishtirokida videokonferensiya tashkil etildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

15:53 26 May 2020
Jaloliddinni Chingizxon changaliga tushirgan ham, undan qutqargan ham ot edi

1221-yil bahor-yoz oylarida Jaloliddin moʻgʻullarga qarshi ayovsiz kurashga bel bogʻlab, ularga bir necha marta qaqshatqich zarba berganidan keyin, Gʻazna (hozirgi Afgʻonistonning sharqida, Pokistonga yaqin joy) yaqinida, Qobul daryosi boʻyidagi Parvon dashtida Chingizxonning mohir sarkardalaridan biri – Shixi Qutuxu noʻyon boshchiligidagi...

15:51 26 May 2020
Maktab bitiruvchilari frilans bozoriga tayyorlanadi

Xabaringiz bor 21-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga safari chogʻida viloyat markazida tashkil etilgan Digital City nomli texnopark bilan tanishdi.

15:48 26 May 2020
“Sunʼiy intellekt” texnologiyalari yordamida ekin maydonlarining holati baholanadi

Shu boʻyicha amalga oshirilayotgan loyiha doirasida Andijon viloyatining 6 ta maydoni tanlab olinib, “Monterra” onlayn platformasiga joylashtirildi. Platforma orqali qishloq xoʻjaligi yerlarini sunʼiy yoʻldoshlardan foydalangan holda, xaritalarning turli xil murakkabliklarini yaratish uchun yerning muayyan hududlarini tasvirdan oʻtkaziladi va ular keyinchalik...

15:46 26 May 2020
Namanganda Eron qizil moshi yetishtirish klasteri uchun 5 ming gektar yer ajratiladi

Namanganga kelgan Janubiy Koreyaning “Yeongin” kompaniyasi vakillari viloyat hokimligiga gʻalladan boʻshagan dala maydonlariga ikkinchi ekin sifatida Eron moshi ekish taklifi bilan chiqdi. Taqdim etilgan loyihada mazkur yoʻnalishda klaster tashkil etish vazifasi koʻzda tutilgan.

15:40 26 May 2020
Urgut tumani ham “qizil” toifaga kiritilishi mumkin

Samarqand viloyatining iqtisodiy qudratli tumanlaridan hisoblangan va aholisi nafaqat Oʻzbekistonda, balki dunyo ahliga ham tadbirkorligi bilan tanilgan Urgut tumani ham “qizil” toifaga kiritilishi mumkin.

15:22 26 May 2020
Jahon chempionatida ov miltigʻi bilan taqdirlangan hujumchi. U kim edi?

Oʻtgan asrning 50-yillari oxirida Jyust Fontan Ramon Kopa bilan hujum chizigʻida ajoyib juftlik hosil qilgandi. Ular Fransiya terma jamoasida ham, “Reyms” klubida ham birga oʻynashgan. Kopa koʻproq hujumni tashkil etar, Fonten esa gol urardi. U Kopa toʻp uzatgan joyga hoziru...

15:15 26 May 2020
Boʻstonliq turistik zonasida tezkor reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda

Noqonuniy qurilmalar ortidan kelayotgan zararni esa hech bir mezon bilan oʻlchab boʻlmaydi. Chirchiq daryosi qirgʻoqlarining katta qismi bugungi kunda Chimyon-Chorvoq kurort zonasiga kiradi va u yerda noqonuniy qurilgan inshootlar ham talaygina. U yerdagi dala hovlilaridan baʼzilarining atrofi shaxsiy sohilga ega...

14:56 26 May 2020
Xoʻjayli tumanida sodir boʻlgan YTH natijasida yoʻlovchilardan biri vafot etdi

Joriy yilning 25-may kuni soat 13:30 larda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xoʻjayli tumani hududidan oʻtgan A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʻlining 795 km.da haydovchi 1976-y.t. Z.K. (erkak) “Kobalt” rusumli transport vositasi tezligini meʼyoridan oshirgan holda boshqarayotib, rul boshqaruvini yoʻqotishi oqibatida yoʻldan chiqib ketib, oʻng...

14:55 26 May 2020
AQSH Taraqqiyot agentligi COVID -19 pandemiyasidan aziyat chekkan Markaziy Osiyo mehnat muhojirlari uchun 2 million dollar ajratadi

AQSH hukumati, AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) orqali, COVID-19 pandemiyasi davrida Markaziy Osiyoda muhojirlarni himoya qilish uchun 2 million dollar ajratadi. Bu haqda AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi maʼlum qildi.

14:50 26 May 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер