Ekspertlar: Rossiya qishloq xoʻjaligi sohasi migrantlarga muhtoj

17:05 26 May 2020 Jamiyat
1533 0

Maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda Rossiya qishloq xoʻjaligi sohasida 500 mingga yaqin mehnat migrantlari ish bilan band. Koronavirus infeksiyasi tarqalishi sababli mamlakatlar oʻrtasidagi chegaralarning yopilishi oqibatida mehnat migratsiyasi oqimi toʻxtadi. Bu oʻz navbatida sohaga xavf tugʻdirmoqda. Ekish va oʻrim-yigʻim ishlarini muvaffaqiyatli yakunlash uchun hatto pandemiya tufayli chegaralar yopilgan taqdirda ham migrantlarning mamlakatga kelishiga ruxsat berilishi kerak.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, agrar sohada kadrlar yetishmasligini oldini olish, qishloq xoʻjaligida mavsumiy ishlarni bajarish uchun Rossiya hukumati bir qator choralarni koʻrishi lozim.

Oʻz navbatida, ushbu ehtiyojlarni qondirish maqsadida Rossiya hukumati mavsumiy qishloq xoʻjaligi uchun migrantlarni samolyot orqali tashishga ruxsat berilishi mumkin.

Xorijiy mamlakatlar fuqarolari ish boshlashidan oldin, 14 kun davomida karantinda boʻlishi kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер