Noqonuniy valyuta savdosiga chek qoʻyildi
Buxoro viloyati IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi hamda Departamentning Buxoro shahar boʻlimi xodimlari tomonidan fuqaro M.O.ning arizasi yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda shaharning Piridastgir koʻchasidagi novvoyxonada 35 yoshli X.Oʻ. fuqaro M.O.dan 3600 AQSH dollarini 36.360.000 soʻmga sotib olgan vaqtda ushlandi. Shuningdek, X.Oʻ.ga tegishli boʻlgan novvoyxona va “Lasetti” rusumli avtomashina koʻzdan kechirilganda, uning qonunga xilof ravishda valyuta ayirboshlash faoliyatiga aloqador boʻlgan yana 802 AQSH dollari, 78.650 Rossiya rubli va 9.580.000 soʻm pullari borligi aniqlanib, jami 64.944.023 soʻm qiymatdagi valyuta qimmatliklari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.
Holat yuzasidan X.Oʻ.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring