All

Ertaga ob-havo qanday bo'ladi?

Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22°, kunduzi 30-32° boʻladi.

18:06 16 Iyun 2020
“Qurigan koʻlni suvga toʻldirib, atrofga yangi hayot olib kelaman. Faqat...”

Tadbirkor Gulinur Abdullayevaning turizm sohasiga oid yangi investitsiya loyihasi nihoyatda jozibador.

17:42 16 Iyun 2020
Mudofaa vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Narbayev Alisher Tuxtayevich hamda Bazarbayev Zairdjan Gulimmatovich — Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining oʻrinbosarlari lavozimlariga tayinlandi.

15:31 16 Iyun 2020
Navbatdagi chora-tadbirlar: Oʻzini oʻzi band qiluvchi faoliyat turlari soni koʻpaytirildi

Shu maʼnoda yurtimizda ishlab chiqarish surʼatlarini tiklash, tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab quvvatlash orqali yangi ish oʻrinlari yaratish va kambagʻallikni qisqartirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, joriy yilda sanoat sohasida 7,5 mingta hududiy loyihani amalga oshirish hisobiga 145 ming nafar kambagʻal aholini ishga...

15:15 16 Iyun 2020
Oʻzbekistonda bugun ikkinchi marta zilzila qayd etildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabariga koʻra, zilzila oʻchogʻi Afgʻonistonda, Toshkentgacha masofa 524 kilometr janubiy-sharqiy yoʻnalishda joylashgan boʻlib, magnituda — 5,3, chuqurlik — 214 kilometr.

14:34 16 Iyun 2020
Viloyat hokimligi Nurafshon shahar hokimiga atab kuylangan qoʻshiq yuzasidan munosabat bildirdi

Toshkent viloyati hokimligi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahri hokimiga bagʻishlab kuylangan qoʻshiq yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

14:21 16 Iyun 2020
Abituriyentlarga qanday imkoniyatlar berilyapti?

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda taʼlim tizimini izchil rivojlantirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, oliy maʼlumotli, ilmli boʻlaman degan yoshlarimizning tahsil olishi uchun yangi oliy taʼlim muassasalari tashkil etilib, oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalari oshirilmoqda.

13:49 16 Iyun 2020
Kamoliddin Oʻrinboyev Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi rektori boʻldi

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Kamoliddin Oʻrinboyev Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasi rektori etib tayinlandi. Bu haqda Davlat filarmoniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

13:18 16 Iyun 2020
Baliqchida elektr hisoblagichidagi kamchiliklarni rasmiylashtirmaslik evaziga fuqarodan 400 AQSH dollari talab qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.Sh. Baliqchi tumanida yashovchi fuqaro S.S.ning uyida elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan nazorat tekshiruvida aniqlangan kamchiliklar boʻyicha 40 mln soʻm atrofida jarima toʻlashi kerakligini aytib, ushbu holat...

12:55 16 Iyun 2020
Elektr energetika sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar tizimdagi davlat nazoratini amalga oshirishga koʻmaklashadi

«Oʻzenergoinspeksiya» elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik qoida va normalar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. Ushbu davlat nazoratini amalga oshirish jarayonidagi huquqiy hujjatlarning har...

12:48 16 Iyun 2020
Maktablardagi haftalik yuklamalar bolalarni sogʻligiga salbiy taʼsir qiladigan darajada koʻp — XTV

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan 2018-yil 27-aprelda “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taʼlim olish sharoiti va tashkil etilishiga qoʻyiladigan sanitariya-epidemiologik talablar”ga oʻzgartirish kiritildi. Shu bilan birga sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari tasdiqlandi.

12:22 16 Iyun 2020
Geologiya fanlari universitetiga yangi oʻquv yili uchun talabalarni qabul qilish rejalashtirilmoqda

Geologiya fanlari universitetiga qabul jarayoni bilan bogʻliq toʻliq maʼlumotlar, Onlayn anketani toʻldirish yoki boshqa turdagi maʼlumotlar yuzasidan bevosita Toshkent Davlat texnika universitetining “Togʻ-kon” va “Geologiya qidiruv” fakultetlari binosining 1-qavatida tashkil etilgan “Call center” ga dushanbadan shanbagacha soat 09:00 dan 18:00...

12:11 16 Iyun 2020
Respublika taʼlim markaziga yangi direktor tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri buyrugʻi bilan Shuhrat Sattorov Respublika taʼlim markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

12:08 16 Iyun 2020
Masʼul xodimlarning faoliyati baholab boriladi

“Davlat boshqaruv organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishida samaradorlik va natijadorlikning asosiy koʻrsatkichlari hamda ularning faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi buyruq Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

11:40 16 Iyun 2020
Turkiyada zilzila: 1 kishi halok boʻldi, 18 kishi jarohat oldi

Turk OAV xabariga koʻra, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 17:24 Bingoʻl viloyatining Qarliova tumanida kuzatilgan.

08:27 16 Iyun 2020
“Yuksalish” umummilliy harakati: Andijonda yuz bergan voqea shuni koʻrsatadiki, sohani rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar yetarli emas! 

Bu holatlar koʻp jihatdan oʻtgan yilning dekabr oyida inson huquqlari, shu jumladan, Oʻzbekistondagi vaziyat boʻyicha oʻz xulosalarni eʼlon qilgan BMTning Qiynoqlarga qarshi qoʻmitasining ham xavotirlanishini tasdiqlaydi.

08:24 16 Iyun 2020
Oʻzbekiston hududida kuchsiz zilzila qayd etildi

Zilzila oʻchogʻi Tojikistonda, Toshkentgacha masofa 457 km janubiy-sharqiy yoʻnalishda joylashgan boʻlib, magnituda — 5,5, chuqurlik — 112 km.

08:01 16 Iyun 2020
Luka Modrich “Real Madrid”ga Ronalduning xarakteri yetishmayapti

Ispaniyaning “Real Madrid” klubining xorvatiyalik yarimhimoyachisi Luka Modrich Madrid jamoasida portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu yetishmayotganini aytib oʻtdi.

00:21 16 Iyun 2020
Avazbek Olimov aybini tan oldi - Madaniyat vazirligi

Internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Avazbek Olimov haqidagi videoga aniqlik kiritildi.

20:36 15 Iyun 2020
Makron Fransiya koronavirus ustidan gʻalaba qozonganini eʼlon qildi

Fransiya Prezident Emmanyuel Makron mamlakat xalqiga qilgan navbatdagi murojaatida Fransiya koronavirus epidemiyasi ustidan gʻalaba qozonganini maʼlum qilgan. Bu haqda mahalliy “Le Parisien” nashri xabar tarqatdi.

20:26 15 Iyun 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер