All
Qariyb 30 yildan buyon tabiiy gaz masalasida tegishli idoralarga murojaat qila-qila charchagan iskovutliklar oʻzlari ishonch bildirib Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan tuman kengashi deputatligiga saylagan Hamdamjon Parpiyevdan yaqinda ushbu masalani hal qilishda amaliy yordam soʻradi.
15:13 17 Iyun 2020Davlatimiz rahbari 16-iyun kungi videoselektor yigʻilishida yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni soʻnggi ikki haftada keskin oshgani haqida toʻxtalib oʻtdi.
15:05 17 Iyun 2020Gazli neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Qoʻshimcha” gazkondensat konidagi 9-sonli quduqda burgʻulash ishlari tugatildi.
14:53 17 Iyun 2020Ayrim davlatlar Saudiya Arabistonidan keladigan xabarni kutib oʻtirmay, oʻz fuqarolari uchun bu yilgi haj safarini bekor qildi.
14:52 17 Iyun 2020Shofirkonda 180 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qilmoqda. Shuning 44582 nafarini yoki aholining 24 foizini 18 dan 30 yoshgacha boʻlgan yigit-qizlar tashkil etadi.
14:43 17 Iyun 202088 nafar bemor kasallikdan vafot etgan boʻlsa, 15 542 kishi koronavirusni yuqtirgan.
14:31 17 Iyun 2020Agar siz Samarqandga tashrif buyurib, shaharning barcha meʼmoriy obidalarini koʻzdan kechirganingizdan soʻng, xushmanzara tabiatdan bahramand boʻlishni istab qolsangiz, albatta, shahardan 40 km. janubi-sharqda joylashgan Urgut shahriga boring.
14:21 17 Iyun 2020Oʻzbekiston gilos yetishtiruvchi mamlakatlar kuchli oʻntaligiga 2006-yilda kirgan. Katta oʻsish 2015-yildan kuzatib kelinmoqda. Xususan, 2019-yil natijalariga koʻra, Oʻzbekiston gilos yetishtirish boʻyicha Turkiya, AQSH va Erondan soʻng toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
13:36 17 Iyun 2020BMT tomonidan 1994-yildan eʼtiboran 17-iyun — Umumjahon choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish kuni deb eʼlon qilingandan boshlab jahonda ushbu kun keng nishonlanib kelinmoqda. Oʻzbekiston Osiyo mintaqasida birinchilardan boʻlib, Konvensiyaga aʼzo boʻlgan davlatlardan hisoblanadi va ushbu Konvensiya 1995-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Oliy...
13:31 17 Iyun 2020Qarorga muvofiq, davlat ishtirokidagi korxonalarning investitsiyaviy jozibadorligini taʼminlash uchun sotishdan oldin tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish va salohiyatli investorlarga sotish orqali xususiylashtirishning muvaffaqiyatli natijalarini taʼminlash boʻyicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Agentlik) muassisligida aksiyadorlik jamiyati shaklida “UzAssets” investitsiya kompaniyasi tashkil etildi hamda...
13:25 17 Iyun 2020Sababi — yuzaga kelgan pandemiya vaziyatidan kelib chiqib, karantin davrida yosh avlod sogʻligini asrash, pandemiya butunlay bartaraf etilmagan sharoitda voyaga yetmagan oʻquvchilarning katta sigʻimli binolarda saralash imtihonlari vaqtida uzoq vaqt qolib ketishiga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi, shuningdek, Agentlik hamkori – Cambridge...
13:06 17 Iyun 2020Samarqand viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Axborot xizmatining xabariga koʻra 16-iyun kuni Narpay tumanining O.Abdurahimov mahallasi “Imom Buxoriy” koʻchasi 76 uyda yashovchi fuqaro N.R xonadonining tashqari qismida ixota uchun ekilgan 1 tup tut daraxtini noqonuniy ravishda kesayotgan vaqtida...
13:01 17 Iyun 2020Nurobod tumani gʻallakorlari Samarqand viloyatida birinchi boʻlib davlatga gʻalla topshirish rejasini ortigʻi bilan bajarishdi.
12:58 17 Iyun 2020Toshkent shahri. Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-18 daraja iliq, kunduzi 31-33 daraja issiq boʻladi.
12:56 17 Iyun 2020Moʻgʻol Yangiqoʻrgʻon tumanining Qirgʻiziston bilan chegara qishlogʻi. Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov kuni kecha mazkur mahallada boʻlib, hududdagi ahvol bilan tanishdi. Oʻrganishlar davomida yechimini kutayotgan 70 dan ortiq muammo va masalalar aniqlandi.
12:54 17 Iyun 2020Davlatimiz rahbarining 2019-yil 8-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan belgilangan ustuvor yoʻnalishlar va “Samarqand davlat universitetida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish boʻyicha 2020-yil uchun yoʻl xaritasi”da belgilangan...
12:46 17 Iyun 2020“12 mamlakatning harbiy xizmatchilari allaqachon tashrif buyurishdi: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy Xalq Respublikasi, Moldova, Moʻgʻuliston, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston. Ularning aksariyati 15-iyun kuni Alabinodagi parad maydonchasidagi mashgʻulotda ishtirok etdi”, — deya qayd etib o'tdi Rossiya armiyasining Quruqlikdagi...
12:29 17 Iyun 20202020-yil 12-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida “Ochiq osmon” rejimini joriy etish toʻgʻrisidagi buyrugʻi imzolandi.
12:12 17 Iyun 2020YUNKTAD fikriga koʻra, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy sarmoyalar oqimining bir qismi amalga oshirilayotgan keng koʻlamli neft va gaz loyihalari bilan bogʻliq. Bundan tashqari, xorijiy kompaniyalar ishtirokida sanoatning turli sohalarida, jumladan, kimyo, toʻqimachilik va elektr energetikasida qator muhim investitsiya loyihalari amalga oshirildi.
12:11 17 Iyun 2020Bugungi kunda mamlakatimizda tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan amaliy choralar koʻrilmoqda. Fuqarolarni tartibli, xavfsiz va qonuniylik prinsiplari asosida xorijiy mamlakatlarga tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish, ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilish...
12:07 17 Iyun 2020