All

“Eski-Juva” AJ ishchisiga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi

Toshkent shahar IIBBga 23-may kuni xususiy tadbirkor Bahrom M. ariza bilan murojaat qildi. Arizaga qaraganda, tadbirkorning oziq-ovqat doʻkoni joylashgan “Eski-Juva” bozori maʼmuriyati vakili undan ishini davom ettirishi uchun 500 AQSH dollari va 500 ming soʻmlik mevalarni talab qilgan.

21:37 19 Iyun 2020
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida qancha kreditlar ajratilgani maʼlum boʻldi

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 2020-yil 15-iyun holatiga koʻra, qariyb 2,4 trln. soʻm miqdorida resurs mablagʻlari shakllantirildi.

21:00 19 Iyun 2020
“Yeni Ozbekistan”: Oʻzbekiston xalqi mamlakatni yangi pogʻonaga olib chiqishga intilayotgan yetakchisiga ishonadi

Mualliflar Oʻzbekiston xalqi samarali islohotlarni amalga oshirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish orqali respublikani yangi pogʻonaga olib chiqishga intilayotgan yetakchisiga ishonishini taʼkidlagan.

19:56 19 Iyun 2020
Yuqori Chirchiq tumani prokuraturasi 22 ta ehtiyojmand oilani otaliqqa oldi

Тuman prokuraturasi tomonidan 22 ta ehtiyojmand oilalar uchun ochilgan alohida plastik kartochkalarga joriy yilning aprel va may oylarida har bir oy uchun 500 ming soʻmdan pul oʻtkazib berildi.

19:19 19 Iyun 2020
Birinchi chorakda gaz eksporti hajmi 30 foiz kamaydi

Tovarlar eksporti hajmi 2019-yilning I choragiga nisbatan 11 foiz kamaydi. Oltin va gazning eksportdagi ulushi mos ravishda 37 foizni hamda 9 foizni tashkil qildi. Shuningdek, 2019-yilning I choragiga nisbatan gaz eksporti hajmida 30 foizga kamayish kuzatildi.

19:11 19 Iyun 2020
Kanadalik mutaxassislar koronavirusning noodatiy alomatlarini aniqlashdi

Bu koʻzni va qovoqlarning orqa yuzasini qoplaydigan nozik shaffof toʻqimalarning yalligʻlanishidir. Bu holat koʻzga bakteriyalar, viruslar va iflos narsalarning tushishi oqibatida paydo boʻlishi mumkin.

19:09 19 Iyun 2020
Ertaga yurtimiz hududlarida ob-havo oʻzgarib turadi

Xususan, shu kuni Toshkentda havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-19 daraja iliq, kunduzi 34-36 daraja issiq boʻladi.

19:02 19 Iyun 2020
Samarqanddan 13 ming tonna mayiz eksport qilindi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatining maʼlumotiga koʻra, 2020-yilning yanvar-may oylari davomida Samarqanddan umumiy qiymati 16 million AQSH dollariga teng 13 ming tonnadan ziyod boʻlgan mayiz mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Mayiz mahsulotlari asosan BAA, Turkiya, Eron va Afgʻoniston kabi davlatlarga...

18:52 19 Iyun 2020
“ZAGS”lar DXAga oʻtdi. Sohani nima kutmoqda?

Xoʻsh, endilikda “ZAGS”lar qanday transformatsiyaga uchraydilar?

18:44 19 Iyun 2020
“Ijtimoiy xodim” maqomi tasdiqlandi

Tahlil natijalariga koʻra, idoralararo Qoʻshma qaror bilan “Ijtimoiy xodimlarning maqomi, vazifalari, funksiyalari va malakaviy talablari toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma tasdiqlandi.

18:34 19 Iyun 2020
Respublika OITSga qarshi kurash markazining bir guruh xodimlari nimadan norozi?

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga Respublika OITSga qarshi kurash markazining bir guruh laboratoriya xodimlari nomidan murojaat kelib tushdi.

18:30 19 Iyun 2020
Qoʻshrabotning dashtida ham kartoshka yetishtiriladi

2020-yili Samarqand viloyatida gʻalladan boʻshagan 9 ming 580 gektar yer maydoniga Gollandiya, Rossiyadan keltirilgan sifatli, iqlim sharoitiga mos kartoshka ekish rejalashtirilgan. Eʼtiborli jihati shundaki, kartoshka yetishtirish bilan nafaqat meva-sabzavot, paxta va gʻallachilikka ixtisoslashtirilgan tumanlar balki chorvachilikka ixtisoslashgan, asosiy maydoni lalmi...

18:13 19 Iyun 2020
Oʻzbekiston yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi tezkor va aniq choralarni koʻrmoqda—Takagi Shyunsuke

—Ayni paytda Yaponiya yangi koronavirus yuqtirish xavfini keltirib chiqaradigan muhit bartaraf qilishga harakat qilmoqda,— dedi u. —Jumladan, shifoxonalarda koronavirus infeksiyasiga chalingan ogʻir ahvoldagi bemorlar uchun joylar sonini koʻpaytirish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda. Mamlakatda intensiv reanimatsiya va terapiya uchun joylar soni...

17:59 19 Iyun 2020
Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisi oʻz ishini yakunladi

Parlament yuqori palatasi aʼzolari beshinchi yalpi majlisda Istiqbolli turizm yoʻnalishida Oʻzbekiston xalqaro imijini oshirish choralari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari koʻrib chiqildi.

17:30 19 Iyun 2020
Oʻzbekistonda koronavirusni yuqtirganlar soni 5920 nafarga yetdi

Yana uch hududda aholi orasida kasallik qayd etildi

17:21 19 Iyun 2020
Senat Oʻzbekistonning birinchi ayol elchisini tasdiqladi

Senatorlar Feruza Yuldashevna Maxmudovani Oʻzbekistonning Isroil davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

17:06 19 Iyun 2020
Senat hukumatga chiqindilar bilan bogʻliq muammolar boʻyicha parlament soʻrovi yubordi

Bugun boʻlib oʻtayotgan Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisida Vazirlar Mahkamasiga chiqindilar bilan bogʻliq masalalarda vujudga kelgan muammolar va ularning aholi salomatligiga taʼsiri yuzasidan parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.

16:49 19 Iyun 2020
Yoʻl harakati qoidalarining oʻzbek va rus tillaridagi matnlarida katta tafovutlar mavjud. Test savollari esa maʼnaviy va texnik jihatdan eskirgan.

— Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi Yoʻl harakati qoidalarini ham takomillashtirish taqozo etiladi, — dedi u, jumladan. — Xususan, Qoidalarning oʻzbek va rus tillaridagi matnlarida katta tafovutlar mavjud. Tegishli test savollari esa maʼnaviy va texnik...

16:44 19 Iyun 2020
Oʻzbekistonda joriy yil 1-choragida YTH oqibatida halok boʻlganlar soni 4,7 foizga koʻpaygan. Nima uchun?

Gap shundaki, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida bir qator oʻta jiddiy kamchilik va muammolar aniqlandi.

16:33 19 Iyun 2020
Samarqandda qiymati 2 trln. 385 mlrd. soʻmlik 16 ta loyiha boʻyicha ishlar hamon boshlanmagan

Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisida Samarqand viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti eshitildi.

16:26 19 Iyun 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер