Senat Oʻzbekistonning birinchi ayol elchisini tasdiqladi

17:06 19 Iyun 2020 Siyosat
2077 0

Oliy Majlis Senati beshinchi yalpi majlisi Oʻzbekiston Respublikasining Isroil davlatiga Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqildi.

Senatorlar Feruza Yuldashevna Maxmudovani Oʻzbekistonning Isroil davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Parlament yuqori palatasi Raisi T.Narbayeva shu kunga qadar mamlakatimiz 130 dan ziyod xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalar oʻrnatgan boʻlsa, ularda hali birorta ayol elchi tayinlanmaganini taʼkidladi.

– Feruza Yuldashevna mustaqil Oʻzbekistonning birinchi ayol elchisi sifatida tarixda qoladi, – dedi Senat Raisi T.Narbayeva. – Bu sharaf boʻlishi bilan birga, ulkan masʼuliyat hamdir. Qolaversa, uning bunday masʼuliyatli lavozimga loyiq topilgani mamlakatimizda ayollarga boʻlgan yuksak ishonch va eʼtirof namunasidir. Ishonamizki, bunday eʼtibor va eʼtirofga bundan keyin ham koʻp marotaba guvoh boʻlamiz. Zero, oʻzbek ayollari bunga munosibdir.

Senatorlar F.Mahmudovaning faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi va xorijda, xususan, Isroilda mamlakatimiz manfaatlari yoʻlida bor bilim va salohiyatini ishga solib, oʻz faoliyatini namunali yoʻlga qoʻyishiga ishonch bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер