Oʻzbekiston yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi tezkor va aniq choralarni koʻrmoqda—Takagi Shyunsuke
Yaponiyaning Yokogama shahar universiteti intensiv klinikasi davolash boʻlimi rahbari Takagi Shyunsuke Oʻzbekistonda Sovid-19ga qarshi kurashish boʻyicha qabul qilinayotgan choralarni samarali, deb eʼtirof etdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
—Ayni paytda Yaponiya yangi koronavirus yuqtirish xavfini keltirib chiqaradigan muhit bartaraf qilishga harakat qilmoqda,— dedi u. —Jumladan, shifoxonalarda koronavirus infeksiyasiga chalingan ogʻir ahvoldagi bemorlar uchun joylar sonini koʻpaytirish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda. Mamlakatda intensiv reanimatsiya va terapiya uchun joylar soni har 100 ming kishiga 5 tani tashkil etadi. Bu koʻrsatkich AQSH va Yevropa mamlakatlariga nisbatan ancha past.
Oʻzbekistonda ham Sovid-19ga qarshi samarali,tezkor va aniq choralar koʻrilayotganidan xabardormiz. Ammo uzoq muddatli karantin tadbirlarini davom ettirishni qiyin vazifa, deb oʻylayman. Shuning uchun virusga chalinganlarni qabul qiladigan va ularga malakali yordam koʻrsatadigan tibbiy markazlar faoliyatini kuchaytirish kerak.
Koronavirus tarqalishi natijasida yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olib, biz jamiyat, taʼlim va tibbiyotning yangi tizimini yaratishimiz darkor. Xususan, Yaponiyada tibbiy konferensiyalar va masofaviy tibbiy konsultatsiyalarni joriy etish kabi tibbiy islohotlar amalga oshirilmoqda.
Yaponiya intensiv tibbiy terapiya jamiyati, Yaponiya shoshilinch tibbiy yordam assotsiatsiyasi, Yaponiya nafas olish tibbiyoti jamiyati bilan birgalikda koronavirusning ogʻir simptomi bilan kasallanganlar uchun Sovid-19 ishonch telefoni— “ECMOnet” markazi tashkil qildi.
Bugungi kunda markaz koronavirus infeksiyasiga chalinganlarni qutqarishda yuqori samaradorlikni namoyish etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring