All

Yuk avtomobillari toʻqnashib ketdi. Yoʻlovchilardan biri vafot etdi

Joriy yilning 3-sentyabr kuni soat 18:30 larda, Jizzax viloyati, Jizzax shahar hududidan oʻtuvchi 4R38 «Uchtepa-Jizzax-Baxmalsoy» avtomobil yoʻlining 31-kilometrida haydovchi 1991-yilda tugʻilgan E.H. “Foton” rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, shu yoʻnalishda, oʻzidan oldinda, yoʻl chetida toʻxtab turgan haydovchi, 1954-yilda tugʻilgan Sh.P....

09:57 04 Sentyabr 2020
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktoriga oʻrinbosar tayinlandi

Hukumat qarori (537-son, 03.09.2020-y.) bilan Amirulla Xazratovich Abdullayev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorining oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

09:53 04 Sentyabr 2020
Bir kunda Buyuk Britaniyaga rekord darajada muhojirlar keldi — “The Guardian”

Bir kun ichida Buyuk Britaniya qirgʻoqlariga rekord darajadagi muhojirlar yetib kelishdi.

00:57 04 Sentyabr 2020
Bugun koronavirus aniqlanganlar haqida maʼlumot berildi

Shu yilning 3-sentyabr kuni mamlakatimizda 257 holatda kasallik qayd etildi.

23:38 03 Sentyabr 2020
Oʻzbekistonda yana 109 kishida koronavirus aniqlandi, 1 bemor vafot etdi

2020-yil 3-sentyabr soat 23:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42 797 (+109) nafarni tashkil etmoqda.

23:32 03 Sentyabr 2020
Rasmiy maʼlumot: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xorijdan oʻqishni koʻchirishga oid qoʻshimcha maʼlumotni eʼlon qildi

Hozirgi kundagi pandemiya holatlari, karantin cheklovlari sababli belgilangan muddatlarda maxsus (onlayn test) sinovlarda ishtirok etish uchun xorijiy davlatlardan yetib kela olmasligi toʻgʻrisida talabalar va ularning ota-onalaridan koʻplab murojaatlar (jumladan, ogʻzaki) kelib tushmoqda.

23:23 03 Sentyabr 2020
20 yil qochib yurgan qotil ayol qoʻlga olindi

Ayol ayni paytda 1996-1999-yillarda ketma-ket 7 qotillikni amalga oshirishda, shuningdek, bosqinchilik va odam oʻgʻirlashda ayblanmoqda.

22:58 03 Sentyabr 2020
Yangi pandemiya: Virusolog grippning yangi turi tarqalishidan ogohlantirdi 

Shuningdek, virus bilan yashash uchun tozalikni saqlash, niqob taqish, jamoat joylarida ijtimoiy masofani saqlash va himoya choralarini koʻrish zarur.

22:14 03 Sentyabr 2020
Yaponiya olimlaridan yangicha niqob, u quloqqa taqilmaydi

Niqobni allaqachon 20 kishi sinab koʻrdi. Ular niqob birinchi qarashda koʻrinadiganidan koʻra qulayroq ekanligini tan olishdi.

21:56 03 Sentyabr 2020
Konstitutsiya va qonun baʼzilar uchun nomiga yozilgan, amal qilinmaydigan bir parcha qogʻozga aylantirilyapti — R.Kusherbayev

Nega Konstitutsiya asosidagi qonunlarimizga eng kerakli vaqtlarda amal qilinmaydi, degan savol bilan koʻp murojaat qilishadi saylovchilar.

21:51 03 Sentyabr 2020
The New York Times gazetasining bugungi soni: oʻzbekistonlik abituriyentlar birinchi sahifa qahramonlari

AQSHning The New York Times gazetasi bugungi sonida Oʻzbekistonda boshlangan test sinovlariga bagʻishlab fotoreportaj berdi.

21:34 03 Sentyabr 2020
“Qamchiq” dovonida yuzaga kelayotgan tirbandliklarning sababi nimada?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qamchiq” dovonida tirbandlik kuzatilmoqda" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

21:23 03 Sentyabr 2020
Qoʻsh familiya, attestatsiya, byurokratiyaga chek qoʻyilishi, maʼlumotlar doimo aktuallashtirilishi...— “ZAGS”larda nima oʻzgaradi?

Joriy yilning 1-aprelidan mazkur tashkilot Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga oʻtgach, sohada bir muncha oʻzgarishlarga start berilishi kutilayotgandi.

20:55 03 Sentyabr 2020
Agar Sizda “IMEI” kodlari bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelsa, yashash manzilingiz boʻyicha ichki ishlar organlariga murojaat qiling!

Mamlakatimizning barcha hududlarida mobil aloqani rivojlantirish, zamonaviy servis xizmatlarini joriy etish orqali interaktiv davlat xizmatlari va elektron tijoratdan foydalanish imkoniyatlarini yaratish, shuningdek, xalqaro standartlarga mos keladigan uyali aloqa vositalari va mobil aloqa moduliga ega qurilmalarni keng ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish...

20:44 03 Sentyabr 2020
Maxsus poyezd reysi orqali Samaradan mingga yaqin yurtdoshimiz olib kelindi

Respublika maxsus komissiyasi Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatidan olib kelish uchun “Toshkent – Kinel –Toshkent” temir yoʻl reysini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan edi.

19:51 03 Sentyabr 2020
Dronlar, sputniklar, kosmik suratlar, fazoviy maʼlumotlar — yangi qonun loyihasi nimasi bilan ahamiyatli?

Bugungi kunda iqtisodiyotning barcha sohalarida raqamlashtirish va innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda geografik axborot tizimlari va mobil ilovalar shakllantirilmoqda hamda ular yordamida aholiga va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari va boshqa turdagi xizmatlar koʻrsatilmoqda. Xususan, navigatsiya xaritalari, geoportallar, internet veb-servislarning maʼlumotlar...

19:39 03 Sentyabr 2020
Davlat bojxona qoʻmitasi UZIMEI boʻyicha tekshiruv tayinladi

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda xorijdan olib kirilgan shaxsiy mobil qurilmalari kodini Uz IMEI tizimidan roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida ularning nomiga boshqa mobil qurilmalarini ularning xabarisiz rasmiylashtirilganligi, bunda pasport maʼlumotlari uchinchi shaxslarga turli xizmat xodimlari tomonidan taqdim etilgan boʻlishi mumkinligi koʻrsatib oʻtilgan.

19:33 03 Sentyabr 2020
“ABVGDeyka”da xorijiy tillar va mental arifmetika oʻrgatiladi

Namanganda nodavlat taʼlim muassasalari soni yana bittaga koʻpaydi. «ABVGDeyka» xususiy maktabi tadbirkor Ulugʻbek Hamroyev tashabbusi bilan uning jami 4,5 mlrd. soʻm mablagʻi evaziga qurib bitkazildi.

18:00 03 Sentyabr 2020
R.Kusherbayev: Mulkka doir qancha qonun qabul qilmaylik, unga masʼullar ham amal qilmasa bari befoyda

Bir jihatdan olganda koʻp vaqtdan beri odamlarda jiddiy eʼtirozlar paydo qilib kelayotgan yer uchastkasi va koʻchmas mulklarni hokimlar tomonidan buzib tashlanishi yoki olib qoʻyilishiga chek qoʻyish, oʻzboshimchalikka yoʻl qoʻymaslik masalasida yangi yechimdek tasavvur paydo qilayotgan ushbu qonun loyihasi amalda vaziyatni...

17:57 03 Sentyabr 2020
Tojikistonda yana bir partiya prezidentlikka oʻz nomzodini ilgari surdi. U amaldagi davlat rahbari

Tojikiston xalq-demokratik partiyasi boʻlajak saylovlarda ishtirok etish uchun amaldagi davlat rahbari Emomali Rahmon nomzodini bir ovozdan ilgari surdi. Partiyaning 3-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan qurultoyida shu boʻyicha qaror qabul qilindi. Bu haqda Sputnik manbasi xabar berdi.

17:51 03 Sentyabr 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер