Bugun koronavirus aniqlanganlar haqida maʼlumot berildi
Shu yilning 3-sentyabr kuni mamlakatimizda 257 holatda kasallik qayd etildi.
Shuni taʼkidlash joizki, bugungi holat ikki oydan ziyodroq vaqt avvalgi, yaʼni 27-iyun kuni koronavirus qayd etilgan 255 nafarlik minimumga yaqinlashdi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 3, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Eʼtiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Sirdaryo, Xorazm, Toshkent, Andijon, Namangan, Fargʻona hamda Qashqadaryo viloyatlarida jami 293 nafar bemor sogʻaydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 42 797 nafar bemordan 40 176 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 287 nafar bemordan 351 nafari ogʻir, 181 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring