Yangi pandemiya: Virusolog grippning yangi turi tarqalishidan ogohlantirdi 

22:14 03 Sentyabr 2020 Dunyo
1396 0

Dunyoda grippning yangi turi tarqalishi mumkin va butun dunyo aholisi orasida koronavirus infeksiyasi doimiy ravishda mavjud boʻladi. Bu haqda Iordaniyaning sobiq oliy taʼlim vaziri, virusolog Azami Mohafaza maʼlum qildi.

“Biz viruslar bilan kurashishni oʻrganishimiz kerak. Iordaniyada virus mavjud va keng tarqalgan, ammo karantin cheklovlari yoʻq. Shu bilan birga kasallikni aniqlash, ular bilan aloqada boʻlgan bemorlarni va fuqarolarni ajratish kabi baʼzi choralarni koʻrsak, oʻn minglab virus yuqtirish holatlarini kuzatmaymiz“, dedi u ”RIA Novosti"ga bergan intervyusida.

Shuningdek, virus bilan yashash uchun tozalikni saqlash, niqob taqish, jamoat joylarida ijtimoiy masofani saqlash va himoya choralarini koʻrish zarur. Shu bilan birga, mamlakatlarning yopilishi himoyaning samarali chorasi boʻlmaydi, dedi u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер