Bir kunda Buyuk Britaniyaga rekord darajada muhojirlar keldi — “The Guardian”
Foto: PA
Bir kun ichida Buyuk Britaniya qirgʻoqlariga rekord darajadagi muhojirlar yetib kelishdi.
“The Guardian” xabariga koʻra, 2 sentyabr, chorshanba kuni kamida 409 kishi kichik qayiqlarda Buyuk Britaniya qirgʻoqlariga yetib kelgan. Yuzlab muhojirlar suvda qoʻlga olingan, qolganlar esa plyajlarga tushishga muvaffaq boʻlgan.
“Bu yil Buyuk Britaniyaga dengiz orqali jami 5600 muhojir keldi”, deb yozadi nashr.
Avvalgi rekord shu yilning 6-avgustida qayd etilgan boʻlib, oʻsha kuni Buyuk Britaniyaga 235 nafar muhojir kelgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring