All

Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi

“Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi

20:51 20 Aprel 2021
Qozogʻistonda sotilgan har toʻrtinchi mashina “UzAuto Motors” tomonidan ishlab chiqarilgani maʼlum boʻldi

Qozogʻistonda mart oyida sotilgan deyarli har toʻrtinchi yangi avtomobil “UzAuto Motors” tomonidan ishlab chiqarilgan.

20:17 20 Aprel 2021
Mart oyida Oʻzbekistonda 7 mingga yaqin  “Cobalt” ishlab chiqarildi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning mart oyida jami 23 297 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

20:01 20 Aprel 2021
Furqat tumanga yangi hokim tayinlandi. Sobiq hokim Prezident tomonidan tanqid qilingan edi

Xalq deputatlari Furqat tuman Kengashining sessiyasida Jumanov Jaxongir Sabitaliyevich Fargʻona viloyatining Furqat tumaniga hokim etib tayinlandi. Sessiyada viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, tegishli boʻlim va boshqarmalar boshliqlari, xalq deputatlari Furqat tuman Kengashi deputatlari, tuman faollari qatnashdi.

16:25 20 Aprel 2021
Talabalar orasida koronavirus aniqlangani sababli Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti onlayn taʼlimga oʻtdi

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Respublika hududida COVID-19 bilan kasallanish holati ortayotganligi, institut talabalari orasida ham bunday holatlar aniqlanganligi sababli masofaviy taʼlimga oʻtdi. Bu haqda OTM axborot xizmati xabar berdi.

15:38 20 Aprel 2021
Ertaga Oʻzbekistonda havo harorati 28 darajagacha iliq boʻladi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 21-aprel kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-11, kunduzi 15-17 daraja iliq boʻladi.

13:43 20 Aprel 2021
AI-80 markali avtomobil benzinining narxi koʻtarildi

“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi”ga 40 426,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qoʻyildi va ulardan 15 749,1 tonnasi, yaʼni 38,9% sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 27 xaridor ishtirok etdi. Hafta davomida avtomobil benzin deyarli oʻzining boshlangʻich qiymatida sotildi

13:11 20 Aprel 2021
Samarqanddagi bogʻchalarda pishgan ovqatga xom goʻsht solingani va sariyogʻ oʻrniga “Spred” berilgani aniqlandi

Maktabgacha taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxoʻjayeva Samarqand viloyatida amalga oshirilgan oʻrganishlar natijasi toʻgʻrisida maʼlumot berdi

12:49 20 Aprel 2021
Ulugʻnor tumaniga prokuror hokim boʻldi

Xalq deputatlari Ulugʻnor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Unda Andijon viloyati Ulugʻnor tumani hokimi lavozimiga Axmadjonov Muxammadislomiddin Muxammadsobirovich tayinlandi.

12:03 20 Aprel 2021
IIV Akademiyasining Nukus filiali tashkil etiladi

“Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

11:55 20 Aprel 2021
DXX 14 kg.dan ortiq giyohvand moddalarni musodara qildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati Boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida Tojikiston Respublikasi hududidan umumiy qiymati 100 ming AQSH dollari miqdoridagi giyohvand moddalarning mamlakatimizga kontrabanda yoʻli bilan olib oʻtilganligi aniqlanib, viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Bekobod tumanidan...

11:50 20 Aprel 2021
Toshkent viloyatidagi 14 ta maktab va 15 ta sinf karantinga olindi

Joylardagi 18 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabining oʻqituvchi va oʻquvchilari orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlanganligi sababli mazkur maktablarda oʻquv jarayonlari masofaviy olib borilayapti. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi

11:31 20 Aprel 2021
Dunyoda bir kunda koronavirusdan 11 mingga yaqin bemor vafot etdi

JSST maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda 724 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi

11:28 20 Aprel 2021
Toshkent viloyatida 75 ming dollarga yer olib bermoqchi boʻlgan soxta prokuratura xodimi ushlandi

Ushbu shaxs 15-aprel kuni Bosh prokuratura Ichki xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi va Departament xodimlari tomonidan qoʻlga olindi, deya xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati

11:17 20 Aprel 2021
Surxondaryo viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Saparov Ilhom Ochilovich Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ish boshladi

10:34 20 Aprel 2021
Eng, eng, eng... Respublikaning demografik koʻrsatkichlari eʼlon qilindi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-aprel holatiga respublikaning demografik koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

10:31 20 Aprel 2021
IIV Akademiyasida ikki bosqichli oliy taʼlim tizimi joriy etiladi

“Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

10:27 20 Aprel 2021
Oʻzbekistonda yanvar-mart oylarida eng koʻp “Cobalt” ishlab chiqarildi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning yanvar-mart oylarida 12 682 dona “Damas” ishlab chiqarilgan.

10:23 20 Aprel 2021
Oʻzbekistonda koronavirusdan yana bir bemor vafot etdi, 238 bemor ogʻir ahvolda qolmoqda

2021-yil 19-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 87225 (+243) nafarni tashkil etmoqda.

10:19 20 Aprel 2021
Oʻzbekistonda bir kunda 30 mingga yaqin fuqaro koronavirusga  qarshi emlandi

19-aprel kuni mamlakatimiz hududlari boʻylab jami 27 591 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi.

10:13 20 Aprel 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер