Dunyoda bir kunda koronavirusdan 11 mingga yaqin bemor vafot etdi

11:28 20 Aprel 2021 Dunyo
1342 0

JSST maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda 724 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 141 million 057 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 015 mingdan ziyod kishi vafot etgan.

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 724 720 yangi holati aniqlandi.
10 955 nafar bemor vafot yetdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 142 million 097 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 029 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:
AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 31,311 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
Ikkinchi oʻrinda Hindiston (15,061 milliondan ortiq),
uchinchi oʻrinda Braziliya (13,900 milliondan ortiq),
toʻrtinchi oʻrinda Fransiya (5,207 milliondan ortiq),
beshinchi oʻrinda esa Rossiya (4,710 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 61 306, Hindistonda 273 810, Braziliyada 67 636, Fransiyada 29 344, Rossiyada esa 8 589 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Joriy yilning 18-aprel holatiga koʻra dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 793 million 484 mingdan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер