All

Oʻzbekistonliklar 18 yoshni nikoh uchun erta deb hisoblashmoqda

Oʻzbekistonliklar 21-25 yoshni ham qizlar, ham yigitlar uchun oila qurishga eng yaxshi yosh deb hisoblashadi. Bu xulosa “Ijtimoiy fikr” Markazi oʻtkazgan tadqiqotlar natijalari orqali maʼlum boʻldi.

19:25 17 May 2021
Saylovchilarning Yagona elektron roʻyxatini shakllantirish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi

Saylov kodeksiga, shuningdek, Prezidentning “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 4-oktyabrdagi PQ-3961-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.

19:19 17 May 2021
Senat Andijonda 5 nafar erkak tomonidan zoʻrlangan kelin masalasiga munosabat bildirdi

Andijon viloyati Andijon tumani “Qoraqalpoq” MFY hududidagi Zaripak koʻchasida joylashgan dala shiyponida besh nafar erkak 18 yoshli kelinni zoʻrlagani va jabrlanuvchi qonunbuzarlarga nisbatan chora koʻrilishini soʻrab murojaat qilgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

19:14 17 May 2021
Navoiy viloyatida gazdan noqonuniy foydalanib kelgan issiqxonalar faoliyati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “I." MCHJga tegishli issiqxonada oʻrnatilgan elektron gaz hisoblash uskunasidan oldin va undan keyin qoʻlbola usulda tayyorlangan rezina shlangni ulanib, gaz hisoblash uskunasini chetlab oʻtib gazdan noqonuniy foydalanib kelganligi...

19:04 17 May 2021
Ertaga Oʻzbekistonda 38 darajagacha issiq boʻladi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 18-may kuni Toshkentda havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-17 daraja iliq, kunduzi 32-34 daraja issiq boʻladi.

18:53 17 May 2021
2-sektor faoliyatiga bir nazar: muammolar birgalikda hal etilmoqda

​​​​​​​Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan barcha darajadagi rahbar va mas'ullar oldiga, avvalo, hududlarni har tomonlama rivojlantirish, aholi muammolarini ijobiy hal etish orqali xalq roziligiga erishishni asosiy vazifa qilib belgilab berilgan.

18:52 17 May 2021
Jamoatchilik fikrida xavotirli tendensiya: 10 foizdan ziyod fuqaro oilada er xotiniga kuch ishlatishi mumkin deb hisoblaydi

​​​​​​​Xabar berganimizdek, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi oilaviy muammolarni aniqlash va ularning yechimini topishga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazdi.

18:48 17 May 2021
Soʻrovnoma: 40 foizdan ziyod oilalarda nizo va janjallar boʻlib turadi

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi Xalqaro oila kuni arafasida oilaviy masalalar va oilaviy qadriyatlarga bagʻishlangan, nikoh va oilaviy munosabatlarning eng dolzarb masalalari toʻgʻrisida hamda mavjud oilaviy muammolarni aniqlash va ularning yechimini topishga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazdi.

18:39 17 May 2021
Jinoyat ishlari boʻyicha Xonqa tuman sudi raisi avtohalokat sabab vafot etdi

Jinoyat ishlari boʻyicha Xonqa tuman sudining raisi Maqsudbek Qilichev avtohalokat sabab bu dunyoni barvaqt tark etdi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati xabar berdi.

18:21 17 May 2021
Chilonzor tumanida boʻsh yer maydonini olib berish evaziga fuqaroning 10 000 AQSH dollarini qoʻlga kiritgan firibgar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.Yu. fuqaro A.ni ishonchiga kirib, unga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun Chilonzor tumanida boʻsh turgan yer uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi qalbaki hujjatlarni taqdim etib, shu orqali yer...

17:27 17 May 2021
Indoneziya parlamenti bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda

2021-yil 17-may kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Indoneziya Respublikasi parlamenti Vakillar palatasi spikerining sanoat va taraqqiyot masalalari boʻyicha oʻrinbosari Rahmat Gobel bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

17:17 17 May 2021
Torontoda nomaʼlum shaxs odamlarni oʻqqa tutdi

“Erkak mashinadan tushib, oʻq otishni boshlagan. Besh kishi oʻqotar quroldan jarohatlangan. Ulardan biri olgan jarohatlari tufayli vafot etgan”, deyiladi xabarda.

17:14 17 May 2021
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunning Toshkent shahridagi ijrosi qanday?

2021-yil 17-may kuni Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasining xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi bilan birgalikda sayyor majlisi boʻlib oʻtdi.

16:54 17 May 2021
“Tokio — 2020” yoʻllanmalarining 70 foizi taqsimlab boʻlindi

Barchamiz orziqib kutayotgan “Tokio — 2020” Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari startiga 67 kun qoldi. Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining maʼlum qilishicha, ayni paytga kelib litsenziyalarning 70 foizi oʻz egalarini topgan, deyiladi MOQ matbuot xizmati xabarida..

16:52 17 May 2021
Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga direktor tayinlandi

Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻi bilan Islamov Miralisher Sadriddinovich Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

16:23 17 May 2021
“Bespredel GAIga hamma narsa mumkinmi?” — holat yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda

«Video lavhada, joriy yilning 8-may kuni Samarqand viloyati, Paxtachi tumani, Mustaqillik koʻchasida tuman IIB boshligʻi ”Damas" rusumli avtomobil haydovchisiga tovush chiqaruvchi moslamasini bosganligi bois eʼtiroz bildirganligi va YHXB xodimi haydovchidan meʼyoriy hujjatlarini taqdim qilishini soʻraganligi, oʻzaro muloqot vaqtida xodim muomala...

16:21 17 May 2021
Uy uchun toʻlangan 85 000 000 soʻmlik boshlangʻich toʻlov nega isteʼmolchiga qaytarib berildi?

Zarafshon shahar Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining “Ishonch telefoni”ga fuqaro Uchqun Halimovdan ogʻzaki murojaat kelib tushdi. Unda keltirilishicha, fuqaro Zarafshon shahrida turar joy binolari qurib topshirish bilan shugʻullanib keluvchi “Zarafshon Garden Resort Paloce” MCHJdan 2020-yilning 26-iyun kuni №32-sonli shartnomaga asosan...

16:15 17 May 2021
Afv uchun katta rahmat, kechagi kunlar esa yaxshigina saboq boʻlib qoladi — sobiq mahkuma

Shohsanam Hasanova Chortoq tumanining Baynal mahallasida yashab kelgan. Bugun yigirma yetti yoshini qarshi olgan bu qiz hayotining toʻrt yilini tikanli simlar ortida oʻtkazishiga toʻgʻri keldi. Gap shundaki, endigina mustaqil hayotga qadam qoʻygan chogʻida yoʻldan adashdi, noqonuniy valyuta amaliyoti bilan shugʻullanib,...

16:09 17 May 2021
DXMning olis mahalladagi filialida aholiga 157 turdagi xizmatlar taqdim etilmoqda

Yangi Namangan tumanidagi Bunyodkor mahallasi ahlining yoʻli yaqin, yumushlari oson boʻldi. Chunki, bu yerda Namangan shahar davlat xizmatlari markazining filiali oʻz faoliyatini boshladi. Filial uchun barpo etilgan zamonaviy binoda oʻtgan haftadan 12 ming nafardan ortiq aholi uchun 157 turda davlat...

16:03 17 May 2021
Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

15:32 17 May 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер