All

Toshkentda 2 hafta oldin bedarak yoʻqolgani aytilgan qiz topildi

1995-yilda tugʻilgan Kuznetsova Viktoriya Sarvarovna joriy yilning 4-may kuni soat taxminan 21.30 da Sergeli tumani, Uchuvchilar shaharchasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagani haqida xabar berilgan edi.

19:22 18 May 2021
Transport-logistika sohasini rivojlantirish boʻyicha qanday ishlar amalga oshirilyapti?

2021-yil 18-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi hamda Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi tashabbusi bilan “Mamlakatning eksport salohiyatini oshirish uchun transport-logistika tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati toʻgʻrisida”gi masala...

19:21 18 May 2021
Hunarmandchilikda Furqat tumani maktabi yaratilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, OʼzLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov tadbirkorlik subyektlari, fermer xoʻjaliklari va tomorqa egalarining faoliyati bilan tanishish, ularga amaliy koʻmak berish maqsadida Fargʻona viloyatida boʻlib turibdi.

19:15 18 May 2021
Central Asia — 2021: bu yilgi konferensiyaning oʻziga xosligi nimada?

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan axborot-kutubxona faoliyati boʻyicha har yili anʼanaviy tarzda “Central Asia: fan, taʼlim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari» mavzuida xalqaro konferensiya oʻtkazib kelinmoqda.

19:09 18 May 2021
Bill Geyts Microsoft kompaniyasining direktorlar kengashidan isteʼfoga chiqarildi

Microsoft kompaniyasining asoschisi, amerikalik milliarder Bill Geyts oʻz xodimi bilan “notoʻgʻri munosabatlar”da ayblangani uchun kompaniya direktorlar kengashidan isteʼfoga chiqarildi. Uning vakili esa ketish sababini “xayriya ishlariga vaqt ajratish” bilan izohladi.

19:07 18 May 2021
“Qishloq shifokori” dasturi doirasidagi ishlar sust olib borilmoqda — Prezident

Videoselektorda davlatimiz rahbari “Qishloq shifokori” dasturi doirasida olis va chekka hududlarga shifokorlarni jalb qilish ishlari sust olib borilayotganini aytib oʻtdi, deya xabar bermoqda “Xalq soʻzi” muxbiri.

19:00 18 May 2021
Oʻzbekistonda yana bir qoʻmita tashkil etiladi

Oʻzbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi negizida Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi tashkil etiladi. Oʻzbekiston Prezidentining “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida shu haqida maʼlum qilingan.

18:53 18 May 2021
Toshkentda eri bilan janjallashgan ayol elektr uzatish ustuniga chiqib, joniga qasd qilmoqchi boʻldi

16-may kuni taxminan soat 12:00 da Bektemir tumani IIO FMBning navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga koʻra, nomaʼlum ayol yuqori voltli elektr uzatuvchi tarmoq ustuniga chiqib, oʻz hayotiga suiqasd qilmoqchi boʻlgan.

18:51 18 May 2021
1-iyuldan boshlab surunkali kasalliklarni davolash boʻyicha yangi tizim yaratiladi

Bu haqda Prezidentimiz boshchiligidagi videoselektor yigʻilishda maʼlum qilindi, deya xabar bermoqda “Xalq soʻzi” muxbiri.

18:44 18 May 2021
Bor-yoʻgʻi 13 foiz aholi tibbiyotdagi ijobiy oʻzgarishlarni sezmoqda — Prezident

Prezidentimiz boshchiligidagi videoselektor yigʻilishda tibbiyot tizimidagi ishlar tanqidiy tarzda muhokama etilmoqda, deya xabar bermoqda “Xalq soʻzi” muxbiri.

18:26 18 May 2021
Shavkat Mirziyoyev tibbiyot tizimida qogʻozbozlik, byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish haqida gapirdi

Ayni paytda davlatimiz rahbari boshchiligida tibbiyot sohasidagi islohotlar ijrosiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. “Xalq soʻzi” muxbirining xabar berishicha, videoselektorda Prezidentimiz tibbiyot tizimida beshta yoʻnalishda jiddiy oʻzgarishlar qilish shartligini qayd etgan.

18:16 18 May 2021
Yordam niqobi ostidagi firibgarlik

Fuqaro M.Raʼno Shayxontohur tumani boʻyicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2019-yilning sentyabr oyida 40 yoshli N.Dilafruz jiyanining oʻqishini Ukraina Respublikasi Stomatologiya institutidan Toshkent shahrida joylashgan Stomatologiya institutiga tanishlari orqali oʻtkazib berishini vaʼda qilib, Shayxontohur tumani Shofayzi koʻchasi hududida...

17:54 18 May 2021
Andijonda fuqarolarga zoʻrlik ishlatib, talonchilik qilib yurgan ayol qoʻlga olindi

Andijon viloyati. 2021-yilning 10-may kuni soat 13:30 larda, nomaʼlum shaxs Asaka tumani Beruniy mahallasi hududida fuqaro U.Madinaga nisbatan zoʻrlik ishlatib, qoʻlidagi narxi 3 500 000 soʻmlik “Vivo-1915» rusumli telefon apparati va 100 AQSH dollar pulini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan...

17:49 18 May 2021
Ayollarni Turkiyaga fohishalik uchun joʻnatmoqchi boʻlgan er-xotinning qora niyati aeroportda chippakka chiqdi

Toshkent viloyati IIBB Noqonuniy migratsiya va odam savdosiga qarshi kurashish boʻlimi va Boʻka tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan navbatdagi odam savdosi bilan bogʻliq holatga chek qoʻyildi.

17:34 18 May 2021
Ishchi guruh Fargʻona yoshlari boʻsh vaqtini qanday oʻtkazayotganini oʻrganmoqda

Shu kunlarda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan Fargʻona viloyatining chegaraoldi hududlarda istiqomat qilayotgan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va bandligini taʼminlash masalalarini oʻrganilmoqda.

17:27 18 May 2021
“Onajon, siz yashashingiz kerak...” Yoki Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi choʻntagida asrab yurgan xat tafsiloti

Qamashi tumanidagi 4-Mehribonlik uyiga borganimda 15-16 yoshlardagi bir qiz menga qarab, «Amakijon, onamni juda sogʻindim» dedi. Dafʼatan aytilgan bu ogʻriqli soʻroq egasiga qay taxlitda taskin berishni bilmay oʻylanib qoldim. Kipriklarim orasidan sizib chiqqan yoshni harchand yashirishga urinmay uddalay olmadim.

17:23 18 May 2021
Toshkentda fuqaroni shaxsiy fotosuratlarini internetda tarqatish bilan qoʻrqitib, 8 ming dollar olgan ayollar qoʻlga olindi

Chilonzor tumanida shaxsiy maʼlumotlarini internetda tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan tovlamachilar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

17:21 18 May 2021
Indoneziya parlamenti delegatsiyasi bilan turizm va sport boʻyicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Kuni kecha Bosh vazir oʻrinbosari - Turizm va sport vaziri A.Abduhakimov Indoneziya Parlamenti Vakillar palatasi spikeri oʻrinbosari R.Gobel boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

17:10 18 May 2021
Fuqarolar elektromobil sotib olish va Oʻzbekiston hududiga olib kirish uchun yigʻim toʻlashdan ozod etilishi mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqdi.

17:00 18 May 2021
Putin va Szinpin Rossiya va Xitoyning yangi yadroviy loyihasiga start beradi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin yangi yadro inshooti qurilishini boshlash marosimida qatnashadilar. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin maʼlum qildi.

16:49 18 May 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер