Bill Geyts Microsoft kompaniyasining direktorlar kengashidan isteʼfoga chiqarildi

19:07 18 May 2021 Dunyo
1515 0

Microsoft kompaniyasining asoschisi, amerikalik milliarder Bill Geyts oʻz xodimi bilan “notoʻgʻri munosabatlar”da ayblangani uchun kompaniya direktorlar kengashidan isteʼfoga chiqarildi. Uning vakili esa ketish sababini “xayriya ishlariga vaqt ajratish” bilan izohladi.

“The Wall Street” jurnalining xabariga koʻra, Microsoft kompaniyasining direktorlar kengashi, Microsoft kompaniyasidagi ayol muhandisning milliarder xoʻjayini bilan "koʻp yillar davomida ishqiy munosabatda boʻlganman" deb xat yozishidan avval ushbu ayblovlarni tekshirish uchun yuridik firma bilan kelishib olgan.

Tekshiruv davomida kengashning ayrim aʼzolari Bill Geyts 1975-yilda asos solgan Microsoft kompaniyasining prezidenti boʻlib qolishi nooʻrin degan qarorga kelgan. Biroq gazeta bilan suhbatlashgan nomaʼlum shaxs tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, Geyts tergov tugamaguncha kengash tarkibidan chiqib ketgan va kengash bu masala boʻyicha qaror qabul qilgan.

Bill Geytsning vakili esa qariyb 20 yil oldin uning ishqiy munosabatda boʻlgani va bu munosabatlar keyinchalik tinchlik bilan tugaganini haqida bildirgan.

Vakil Geytsning direktorlar kengashini tark etish toʻgʻrisidagi qarorining bu voqeaga aloqasi yoʻqligini taʼkidlab, "Aslida u bir necha yil oldin boshlagan xayriya ishlariga koʻproq vaqt ajratmoqchi" degan soʻzlar bilan xabarini yakunlagan.

Microsoft kompaniyasi tekshiruv boshlanganligini tasdiqlab, shikoyat kelib tushganligi va “direktorlar kengashi qoʻmitasi tashqi yuridik firma yordamida tekshiruv boshlagani” haqida xabar berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер