Yordam niqobi ostidagi firibgarlik

17:54 18 May 2021 Jamiyat
515 0

Fuqaro M.Raʼno Shayxontohur tumani boʻyicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2019-yilning sentyabr oyida 40 yoshli N.Dilafruz jiyanining oʻqishini Ukraina Respublikasi Stomatologiya institutidan Toshkent shahrida joylashgan Stomatologiya institutiga tanishlari orqali oʻtkazib berishini vaʼda qilib, Shayxontohur tumani Shofayzi koʻchasi hududida 3 400 AQSH dollar pullarni aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritib, shu kunga qadar bergan vaʼdasini bajarmasdan pullarini ham qaytarib bermayotganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Jinoyat ishi doirasida jinoyatning kelib chiqish sabablari oʻrganilib, huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер